Al-Beruniy xalqaro maktab-internatiga kirish imtihoni natijasidan norozilar uchun apellyatsiya berish boshlandi

Al-Beruniy xalqaro maktab-internatiga kirish imtihoni natijasidan norozilar uchun apellyatsiya berish boshlandi

Yangi o‘quv yili uchun Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar 2026-yil 7–11-avgust kunlari apellyatsiya komissiyasiga murojaat qilishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Arizalar onlayn tarzda qabul qilinadi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

2026/2027-o‘quv yili uchun Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar 7–11-avgust kunlari apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ma’lum qilinishicha, apellyatsiya arizalari ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali maktablar kesimida onlayn tarzda yuboriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Apellyatsiya komissiyasi kelib tushgan murojaatlarni 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Arizalar murojaatchilarning yashash hududlari bo‘yicha belgilangan tartibda ko‘rib chiqilishi qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-maydagi 214-son qaroriga muvofiq apellyatsiya komissiyasida boshqa o‘quvchilarning imtihon ishlari bilan tanishish yoki ularni murojaatchining ishi bilan taqqoslashga ruxsat etilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Agar o‘quvchi yoki uning ota-onasi (qonuniy vakili) apellyatsiya komissiyasi qaroridan ham norozi bo‘lsa, ular belgilangan tartibda yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish huquqiga ega.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Eslatib o‘tamiz, Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi joriy yilning 23–24-iyul kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠