Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlari qachon va qayerda o‘tkaziladi?

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlari qachon va qayerda o‘tkaziladi?

Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlari sanasi va tartibi ariza.piima.uz qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Nomzodlar uchun aniq va tabiiy fanlar hamda ingliz tili bo‘yicha sinovlar belgilangan jadval asosida o‘tkaziladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

2026/2027-o‘quv yili uchun Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga kirish imtihonlari 23–24-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

23-iyul kuni soat 08:00da aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihoni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Respublika kelajak markazi” binosida bo‘lib o‘tadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

24-iyul kuni esa ingliz tili bo‘yicha ikkinchi bosqich kirish imtihoni British Council tomonidan maktabning rasmiy veb-saytida e’lon qilingan “Qabul imtihoni spetsifikatsiyasi” asosida Toshkent shahrining Olmazor tumanida uch smenada tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Nomzodlarning imtihonga kelish vaqtlari quyidagicha belgilangan:⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

– 07:00 — 1-guruh;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

– 10:30 — 2-guruh;⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

– 14:00 — 3-guruh.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Nomzodlar aniq va tabiiy fanlar hamda ingliz tili bo‘yicha kirish imtihonlari uchun ruxsatnomalarni ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olishlari lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

IELTS sertifikatining Overall 7.0, Writing 6.0 va undan yuqori natijasiga ega nomzodlar ingliz tili bo‘yicha kirish imtihonidan ozod etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ularga ushbu fan uchun maksimal ball beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bu haqdagi ma’lumot nomzodlarning shaxsiy kabinetlari orqali yuboriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shuningdek, barcha nomzodlardan imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari hamda o‘zlari bilan shaxsni tasdiqlovchi hujjat va ruxsatnomani olib kelishlari so‘raladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Avvalroq, Al-Beruniy maktabiga qabulda ayrim talabgorlarga IELTS sertifikatini taqdim etish uchun qo‘shimcha muddat berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠