Shifoxonada yuragining 20 foizi ishlayotgan vaqtda ham nazorat ishilarni tekshirgan o‘qituvchi hikoyasi

Shifoxonada yuragining 20 foizi ishlayotgan vaqtda ham nazorat ishilarni tekshirgan o‘qituvchi hikoyasi

AQShdagi maktabda pedagogik faoliyat yuritgan matematika o‘qituvchisi og‘ir xastalikka qaramay, umrining so‘nggi kunlarida ham o‘quvchilarining vazifalarini tekshirishda davom etgan. Uning qizi otasining kasbiga bo‘lgan fidoyiligi haqida yozgan ta’sirli hikoya millionlab insonlarning e’tiborini tortdi.

 

AQShning Texas shtati, Del-Rio shahridagi “Del Rio Middle School” maktabida matematika o‘qituvchisi Alexandro Navarro kasbiga bo‘lgan sadoqati va fidoyiligi bilan ko‘pchilikka ibrat bo‘ldi. Og‘ir xastalikka qaramay, u umrining so‘nggi kunlarida ham o‘quvchilari taqdiri haqida qayg‘urishda davom etgan.

 

Navarro uzoq yillar yurak xastaligidan aziyat chekkan. Uning sog‘lig‘i Rojdestvo bayrami arafasida keskin yomonlashib, shifoxonaga yotqizilgan.

 

Biroq shifoxonada ham u ishini to‘xtatmagan. Reanimatsiya bo‘limidagi shifoxona yotog‘ida yotgan holda noutbugi va quvvatlagichini yoniga olib kelishni so‘ragan. Sababi, u o‘quvchilarining chorak yakunlari bo‘yicha baholarini yakunlashni va ularning ishlarini tekshirishni istagan. O‘sha paytda uning yurak faoliyati atigi 20 foizni tashkil qilgan.

 

2020-yilda uning qizi Sandra A. Venegas 2020-yil 18-dekabr kuni shaxsiy Facebook sahifasida otasining qo‘lida noutbugi bilan ishlayotgan suratini joylashtiradi. U postida o‘qituvchilar ko‘pincha ko‘zga tashlanmaydigan darajada ko‘p mehnat qilishini, hatto sog‘lig‘i yomonlashgan paytda ham o‘z burchini bajarishga intilishini ta’kidlagan.

 

Shifoxonada yuragining 20 foizi ishlayotgan vaqtda ham nazorat ishilarni tekshirgan o‘qituvchi hikoyasi
Pedagogning qizi tomonidan joylashtirilgan rasm

 

Shuningdek, u o‘qituvchilarga ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga yordam berish zarurligini ham qayd etgan.

 

Sandra Facebook’dagi postida shunday yozgan:

 

Otam shifoxonaga yotqizilganida noutbugi va quvvatlagichini ham o‘zi bilan olib ketdi. U chorak yakunlari uchun baholarni yakunlash haqida qayg‘urardi.

Endi esa o‘ylayapman: qaniydi, uning noutbugini yopib qo‘yib, qolgan vaqtini u bilan birga o‘tkazganimda.

O‘qituvchilar juda ko‘p qo‘shimcha soatlar ishlaydi. Buni ko‘pchilik bilmaydi. Hatto pandemiya davrida ham, sog‘lig‘i bilan bog‘liq og‘ir vaziyatlarda ham ular o‘z vazifalarini bajarish haqida qayg‘uradi.

Agar turmush o‘rtog‘ingiz o‘qituvchi bo‘lsa, unga ish va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlashga yordam bering. Agar ota-onangizdan biri o‘qituvchi bo‘lsa, uyga qaytgach ishlashiga yo‘l qo‘ymang.

Otam doim shunday der edi: “Ta’lim — hayotdagi eng muhim narsa. Men o‘quvchilarimning hayotida ijobiy o‘zgarish qilishni istayman”.

U bunga erishdi. U kamtar va sodda inson edi. Oilasini ham, o‘quvchilarini ham birdek sevardi. Otam menga mehribon bo‘lishni, tinimsiz mehnat qilishni va hayotni qadrlashni o‘rgatdi.

U mening qahramonim, otam va ustozim edi.

 

Shifoxonada yuragining 20 foizi ishlayotgan vaqtda ham nazorat ishilarni tekshirgan o‘qituvchi hikoyasi

 

Sandraning so‘zlariga ko‘ra, u otasini oxirgi marta 2020-yil 14-dekabrda ko‘rgan. Pedagog Manuel Alexandro Navarro shogirdlarining ishini to‘liq baholab bo‘lgach, ertasi kuni 66 yoshida olamdan o‘tadi.

 

Keyinchalik ushbu post ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi. Uni Instagram sahifasida ulashilgach dunyo bo‘ylab millionlab insonlarning e’tiborini tortib, ko‘plab kishilarni chuqur ta’sirlantirgan. Surat Instagram’da 73 mingdan ortiq layk va 600 dan ortiq izoh to‘plagan. Foydalanuvchilar Sandra va uning otasiga hamdardlik bildirib, o‘z hurmati va minnatdorligini izhor qilishgan.

 

Ko‘pchilik marhum o‘qituvchi Alexandro Navarroning kasbiga sadoqati va fidoyiligini e’tirof etib, uni haqiqiy qahramon, afsona va ilhom manbai deb atagan. Ayrimlar esa o‘z hayotida ustozlar qanday muhim o‘rin tutgani haqida hikoyalarini bo‘lishgan. Shuningdek, ko‘plab foydalanuvchilar Sandraga otasining hikoyasini ommaga yetkazgani va o‘qituvchilar duch kelayotgan muammolarga e’tibor qaratgani uchun minnatdorlik bildirishgan.

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish