Xitoy, koreys, yapon, ispan va yana 7 ta chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari Multi-level formatiga o‘tkaziladi. Bu talabgorlarga bitta imtihon orqali o‘z til bilish darajasini aniqlash imkonini beradi.
2026-yil 1-sentabrdan yana 11 ta chet tili bo‘yicha milliy sertifikat imtihonlari Multi-level formatida o‘tkaziladi. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi mas’ul xodimi Javlonbek Nurmatov ma’lum qildi.
Multi-level formatiga quydagi tillar o‘tkaziladi:
– xitoy;
– koreys;
– yapon;
– ispan;
– italyan;
– fors;
– dari;
– pushtu;
– urdu;
– hindiy;
– uyg‘ur.
Avval yuqoridagi tillarda har bir daraja uchun alohida imtihon topshirilardi. Endi esa bitta imtihonda ishtirok etib, B1 / B2 / C1 darajalaridan qaysi biriga mos kelishingiz belgilanadi.
Hozirda faqat ingliz, nemis, fransuz, arab va turk tillari bo‘yichamilliy sertifikat imtihonlari Multi-level formatida o‘tkazilayotgan edi.
Shuningdek, edi uzrli sabab bilan milliy sertifikat imtihoniga kelmagan talabgorlar to‘lovini qaytarib olishi mumkin.
