70 yillik umr, yarim asrdan ortiq ilmiy mehnat va minglab shogirdlar ehtiromi — Professor Shahnoz Umarovaning ibratli hayoti

70 yillik umr, yarim asrdan ortiq ilmiy mehnat va minglab shogirdlar ehtiromi — Professor Shahnoz Umarovaning ibratli hayoti

Har bir insonning bolaligi — uning kelajagiga qoʻyilgan ilk poydevor. Hovli toʻridagi supada qoʻgʻirchoqlariga “ukol qilib”, ularning tomogʻini tekshirayotgan sochlari qoʻngʻiroq qizaloqning oʻyinlari shunchaki ermak emas, balki katta taqdirning debochasi edi.

 

Bugun oʻsha qizaloq — Oʻzbekiston farmatsevtika sohasining zabardast olimasi, professor, Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Shahnoz Ziyotovna Umarova.

 

Ilmga baxshida etilgan yillar

 

Shahnoz Ziyotovna Umarova 1956-yil 17-aprel kuni Toshkent shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. Uning hayot yoʻli ilm-fanga, taʼlimga va farmatsevtika sohasi rivojiga bagʻishlangan fidokorona mehnat yillaridan iborat.

 

70 yillik umr, yarim asrdan ortiq ilmiy mehnat va minglab shogirdlar ehtiromi — Professor Shahnoz Umarovaning ibratli hayoti

 

1973-yilda Toshkent farmatsevtika instituti ostonasiga talaba sifatida qadam qoʻygan Shahnoz Umarova yillar davomida katta hayot va mehnat maktabini bosib oʻtdi. Oddiy provizor-texnologlikdan boshlangan kasbiy faoliyat assistentlik, kafedra mudirligi, boʻlim boshqaruvi kabi masʼuliyatli vazifalar bilan davom etdi.

 

Bu yoʻl nafaqat chuqur bilim va yuksak kasbiy salohiyatni, balki katta mehnatsevarlik, qatʼiyat va tashkilotchilik qobiliyatini ham talab qilardi. Professor Shahnoz Ziyotovna ana shu fazilatlari bilan farmatsevtika taʼlimi va ilmiy tadqiqotlar rivojiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

 

70 yillik umr, yarim asrdan ortiq ilmiy mehnat va minglab shogirdlar ehtiromi — Professor Shahnoz Umarovaning ibratli hayoti
professorning talabalik vaqtlari

 

Tizim yaratgan olima

 

Professor Shahnoz Ziyotovna Umarova faoliyatini faqat dars berish yoki ilmiy maqolalar yozish bilan cheklab qoʻymagan. U farmatsevtika taʼlimi va kadrlar tayyorlash tizimining rivojiga strategik yondashgan, yangi yoʻnalishlarni shakllantirishda tashabbuskor boʻlgan olimalardan biridir.

 

Uning tashabbusi va ilmiy-pedagogik faoliyati natijasida farmatsevtika taʼlimida yangi va istiqbolli yoʻnalishlar — “Sanoat farmatsiyasi”, “Klinik farmatsiya”, “Kosmetsevtika” kabi taʼlim yoʻnalishlari tashkil etildi.

 

Shuningdek, farmatsevt kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimiga oid davlat talablarini ishlab chiqishda ham professor Umarovaning mehnati katta ahamiyat kasb etdi.

 

70 yillik umr, yarim asrdan ortiq ilmiy mehnat va minglab shogirdlar ehtiromi — Professor Shahnoz Umarovaning ibratli hayoti

 

Uning koʻp yillik ilmiy va pedagogik faoliyati natijasida yuzlab ilmiy maqolalar, darslik va oʻquv qoʻllanmalari yaratildi. Eng muhimi, bu mehnatlar orqali minglab yoshlar farmatsevtika sohasining sir-asrorlarini oʻrganib, oʻz kasbiy yoʻlini topdilar.

 

Taʼlimga sadoqat va masʼuliyat

 

Bugungi kunda professor Shahnoz Ziyotovna Umarova Farmatsevtika taʼlim va tadqiqot institutida oʻquv ishlari boʻyicha prorektor sifatida faoliyat yuritmoqda.

 

Yangi tashkil etilgan oliy taʼlim muassasasining taʼlim jarayonlarini zamonaviy talablar asosida yoʻlga qoʻyish, sifatli taʼlim muhitini shakllantirish va institutning nufuzini yuksaltirishda uning boy tajribasi va bilimlari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

 

70 yillik umr, yarim asrdan ortiq ilmiy mehnat va minglab shogirdlar ehtiromi — Professor Shahnoz Umarovaning ibratli hayoti

 

Yangi taʼlim muassasasini qisqa fursatda yurtimizda munosib oʻrin egallaydigan, xalqaro maydonda ham tan olinadigan ilmiy-taʼlimiy maskanga aylantirish — katta masʼuliyat. Bu vazifani samarali amalga oshirish esa yillar davomida shakllangan tajriba, yuksak masʼuliyat va kasbga sadoqatni talab etadi.

 

Ustoz baxti — shogirdlar kamolida

 

Har qanday olim uchun eng katta yutuq — oʻz ilmiy merosini davom ettiradigan shogirdlar tarbiyalashdir.

 

Shahnoz Ziyotovna Umarova uchun ham shogirdlarining yutuqlari alohida ahamiyatga ega. Bugun farmatsevtika sohasining turli jabhalarida fidokorona mehnat qilayotgan yuzlab mutaxassislar oʻz kasbiy kamoloti va erishgan yutuqlarida ustoz mehnati, maslahati va ibratining oʻrni beqiyos ekanini eʼtirof etadilar.

 

70 yillik umr, yarim asrdan ortiq ilmiy mehnat va minglab shogirdlar ehtiromi — Professor Shahnoz Umarovaning ibratli hayoti

70 yillik umr, yarim asrdan ortiq ilmiy mehnat va minglab shogirdlar ehtiromi — Professor Shahnoz Umarovaning ibratli hayoti

 

Zero, ustozning haqiqiy merosi — faqat kitoblar va ilmiy ishlar emas. Uning eng katta merosi — shogirdlari, ularning yutuqlari va jamiyatga qoʻshayotgan hissasidir.

 

Shahnoz Ziyotovna Umarovani bugun “ustozlarning ustozi”, “anʼanalar davomchisi” deb atash mumkin. Uning ilmiy-pedagogik faoliyati natijasida shakllangan maktab va ustoz-shogird anʼanalari kelgusi avlodlar uchun ham muhim tajriba manbai boʻlib xizmat qiladi.

 

Ilm va oila uygʻunligi

 

Olimaning hayot yoʻli faqat ilm-fan va kasbiy faoliyat bilan cheklanmaydi. Uning eng katta baxt va faxr manbalaridan biri — uning oilasidir.

 

Shahnoz Ziyotovna yillar davomida masʼuliyatli lavozimlarda faoliyat yuritib, ilmiy izlanishlar olib borish bilan birga, oilasining mehribon bekasi, farzandlarining ardoqli onasi va nabiralarining sevimli buvisi boʻlib kelmoqda.

 

70 yillik umr, yarim asrdan ortiq ilmiy mehnat va minglab shogirdlar ehtiromi — Professor Shahnoz Umarovaning ibratli hayoti

 

Olimaning yana bir katta baxti shundaki, u boshlagan xayrli ishlar farzandlari va nabiralari hayotida ham oʻz davomini topmoqda. Ularning ilm-fan va kasb-hunar yoʻlidagi intilishlari — yillar davomida berilgan tarbiya, shaxsiy ibrat va mehrning samarasidir.

 

Bu — ustozlikning eng yuksak koʻrinishlaridan biri. Chunki inson oʻz mehnati va bilimi bilan nafaqat jamiyatga, balki oʻz oilasi va avlodlariga ham taʼsir koʻrsatadi.

 

Umr — bosib oʻtilgan yoʻl va hali oldinda turgan marralar

 

70 yil — bir qarashda katta raqam. Ammo bu raqam zamirida tinimsiz mehnat, uyqusiz tunlar, ilmiy izlanishlar, masʼuliyatli qarorlar va insonlar taqdiriga daxldor ezgu ishlar mujassam.

 

Inson umrining eng katta qiymati uning yoshi bilan emas, balki shu yillar davomida el-yurt, ilm-fan va kelajak avlod uchun qilgan ishlari bilan oʻlchanadi.

 

Professor Shahnoz Ziyotovna Umarovaning hayot yoʻli — bunga yorqin misol. Uning mehnatida olimaga xos izlanuvchanlik, ustozga xos sabr va mehr, rahbarga xos masʼuliyat, ayolga xos matonat va onaga xos mehr uygʻunlashgan.

 

70 yillik umr, yarim asrdan ortiq ilmiy mehnat va minglab shogirdlar ehtiromi — Professor Shahnoz Umarovaning ibratli hayoti

70 yillik umr, yarim asrdan ortiq ilmiy mehnat va minglab shogirdlar ehtiromi — Professor Shahnoz Umarovaning ibratli hayoti

 

“Sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻkrak nishoni sohibi, fidoyi olim va mehribon ustoz uchun eng katta mukofot — shogirdlarining hurmati, ularning yutuqlari va xalq salomatligi yoʻlida xizmat qilayotgan malakali mutaxassislarning kamolidir.

 

Zero, dunyoda shunday saodat borki, u ham boʻlsa — oʻz mehnatingiz samarasini shogirdlaringiz va avlodlaringiz kamolida koʻrish baxtidir.

 

Professor Shahnoz Ziyotovna Umarova ana shunday baxtli insonlardandir. Uning hayoti, ilmiy merosi va ustozlik maktabi hali koʻp yillar davomida farmatsevtika sohasi rivoji va yangi avlod mutaxassislari kamolotiga xizmat qilaveradi.

 

Institut haqida qo‘shimcha ma’lumotlar:

 

Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti rasmiy sayti: https://ftti.uz

Manzil: Yunusobod tumani, 19-mavze, 46,48-uy.

Mo‘ljal: “UzMaxOil” yoqilg‘i quyish shaxobchasi.

Telegram: t.me/fttiuz
Instagram: instagram.com/ftti.uz/?hl=ru
Facebook: facebook.com/FTTI.UZ
YouTube: www.youtube.com/@farmatsevtikatalimvatadqiqoti

Qabul platformasi: https://admission.ftti.uz/

Aloqa markazi:

+998 71 202-05-50

+998 97 139-00-50
+998 97 189-00-50

+998 71 203-05-50