Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 7-iyuldagi “Ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim maktablari uchun 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan namunaviy oʻquv rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 242-son buyrug‘i qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 10-11-sinflarning turli ta’lim tillarida bo‘lgan ayrim fanlar chuqur o‘qitiladigan sinflari mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi ixtisoslik fanlari ro‘yxatlari tuzilgan.
Buyruq ilovalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1-ilova: Taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ixtisoslik fanlari roʻyxati, 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan namunaviy oʻquv rejalar va tushuntirish xati — Faylni yuklash
2-ilova: Taʼlim rus tilida olib boriladigan ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ixtisoslik fanlari roʻyxati, 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan namunaviy oʻquv rejalari va tushuntirish xati — Faylni yuklash
3-ilova: Taʼlim qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman) tilida olib boriladigan ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ixtisoslik fanlari roʻyxati, 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan birinchi namunadagi namunaviy oʻquv rejalari va tushuntirish xati — Faylni yuklash
4-ilova: Taʼlim qardosh (qozoq, qirgʻiz, tojik, turkman) tilida olib boriladigan ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining ixtisoslik fanlari roʻyxati, 2026-2027-oʻquv yiliga moʻljallangan ikkinchi namunadagi namunaviy oʻquv rejalari va tushuntirish xati — Faylni yuklash
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri, viloyatlar hamda Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari boshliqlariga:
- bir hafta muddatda mazkur buyruq bilan tasdiqlangan namunaviy oʻquv rejalarini hududdagi barcha ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim muassasalariga yetkazish;
- ayrim fanlar chuqur oʻqitiladigan sinflari mavjud umumiy oʻrta taʼlim muassasalari 2026-2027-oʻquv yilida oʻquv jarayonini mazkur buyruq bilan tasdiqlangan namunaviy oʻquv reja asosida tashkil etish;
- oʻqituvchilar oʻrtasida dars soatlarini belgilangan tartibga muvofiq taqsimlash choralarini ko‘rish vazifalari yuklatilishi belgilangan.
Avvalroq, 1-sinf qabuli doirasida Taʼlim boshqa (jumladan, rus) tilda olib boriladigan umumtaʼlim maktablarida tanlagan tilda bolaning boshlangʻich soʻzlashuv koʻnikmasini baholash boʻyicha savollar ro‘yxati e’lon qilingandi.
