Abituriyentlarga eslatma: Ko‘rsatilgan sana va vaqtda testga kelmaganlarga boshqa imkoniyat berilmaydi

Abituriyentlarga eslatma: Ko‘rsatilgan sana va vaqtda testga kelmaganlarga boshqa imkoniyat berilmaydi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida ishtirok etuvchi abituriyentlar ruxsatnoma bilan bog‘liq amaldagi tartiblarga qat’iy amal qilishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Xususan, ruxsatnomada ko‘rsatilgan sana va vaqt o‘zgartirilmaydi hamda test sinovlarida faqat belgilangan muddatda ishtirok etishga ruxsat beriladi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirayotgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan bog‘liq amaldagi tartiblarga amal qilishi lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Ungga ko‘ra, abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning birinchi bosqichi yakunlanganidan so‘ng ikki hafta muddatda abituriyent ruxsatnomasi shakllantiriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ruxsatnomani Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali yuklab olish mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Abituriyent test sinovida faqat ruxsatnomada ko‘rsatilgan sana, vaqt va manzil bo‘yicha ishtirok etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Ruxsatnomada belgilangan sana va vaqt qat’iy hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠ Shu sababli boshqa kun yoki boshqa vaqtda test sinovida qatnashishga ruxsat berilmaydi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Mazkur tartiblar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Abituriyentlarga ruxsatnomadagi ma’lumotlarni oldindan diqqat bilan tekshirish hamda test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan oldin yetib borish tavsiya etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠

Avvalroq, maqsadli qabulda abituriyentlar qanday tartibda tanlovda ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠⁠