Abituriyentlarga eslatma: Ko‘rsatilgan sana va vaqtda testga kelmaganlarga boshqa imkoniyat berilmaydi

Abituriyentlarga eslatma: Ko‘rsatilgan sana va vaqtda testga kelmaganlarga boshqa imkoniyat berilmaydi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlarida ishtirok etuvchi abituriyentlar ruxsatnoma bilan bog‘liq amaldagi tartiblarga qat’iy amal qilishi lozim. Xususan, ruxsatnomada ko‘rsatilgan sana va vaqt o‘zgartirilmaydi hamda test sinovlarida faqat belgilangan muddatda ishtirok etishga ruxsat beriladi.

 

Davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirayotgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan bog‘liq amaldagi tartiblarga amal qilishi lozim.

Ungga ko‘ra, abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olishning birinchi bosqichi yakunlanganidan so‘ng ikki hafta muddatda abituriyent ruxsatnomasi shakllantiriladi. Ruxsatnomani Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali yuklab olish mumkin.

Abituriyent test sinovida faqat ruxsatnomada ko‘rsatilgan sana, vaqt va manzil bo‘yicha ishtirok etadi. Ruxsatnomada belgilangan sana va vaqt qat’iy hisoblanadi. Shu sababli boshqa kun yoki boshqa vaqtda test sinovida qatnashishga ruxsat berilmaydi.

Mazkur tartiblar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan nizom asosida belgilangan.

Abituriyentlarga ruxsatnomadagi ma’lumotlarni oldindan diqqat bilan tekshirish hamda test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan oldin yetib borish tavsiya etiladi.

 

Avvalroq, maqsadli qabulda abituriyentlar qanday tartibda tanlovda ishtirok etishi haqida xabar bergan edik.