Panjobdagi barcha davlat maktablarida AI fani joriy etiladi

Panjobdagi barcha davlat maktablarida AI fani joriy etiladi

Hindistonning Panjob shtati maktab taʼlimida sunʼiy intellektni joriy etayotgan hududlar qatoriga qo‘shildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Kelasi oydan barcha davlat maktablarida AI fani o‘qitilib, o‘quvchilarni raqamli iqtisodiyot va zamonaviy mehnat bozori talablariga tayyorlash rejalashtirilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Hindistonning Panjob shtatida kelasi oydan boshlab barcha davlat maktablarida sunʼiy intellekt (AI) fanini oʻqitish boshlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda shtat taʼlim vaziri Xarjot Singx Beyns maʼlum qildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

The Times of India nashrining xabar berishicha, mazkur qaror “Bright Minds Punjab 2026” tadbirida eʼlon qilingan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unda 12-sinf yakuniy imtihonlarida 95 foiz va undan yuqori natija qayd etgan oʻquvchilar taqdirlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Tadbirda Dehli sobiq bosh vaziri oʻrinbosari Manish Sisodiya, Taʼlim departamenti kotibi Sonali Giri, oʻqituvchilar va oʻquvchilar ishtirok etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oʻquv dasturi bir yil davomida ishlab chiqilgan

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Taʼlim vaziri Xarjot Singx Beynsning aytishicha, sunʼiy intellekt boʻyicha oʻquv dasturi bir yil davomida ishlab chiqilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Endilikda u Panjobdagi barcha davlat maktablarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Uning taʼkidlashicha, mazkur fan oʻquvchilarga zamonaviy texnologiyalar bilan ishlash koʻnikmalarini shakllantirish, ularni oliy taʼlim va kelajakdagi kasblarga tayyorlashga xizmat qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Sunʼiy intellekt taʼlim dasturining bir qismiga aylanadi

Taʼlim vazirining soʻzlariga koʻra, yangi oʻquv dasturi oʻquvchilarning sunʼiy intellekt boʻyicha dastlabki bilim va koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Darslar orqali ular AI texnologiyalarining ishlash tamoyillari, kundalik hayot va turli sohalarda qoʻllanilishi haqida tushunchaga ega boʻladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, oʻquvchilar zamonaviy raqamli vositalardan samarali foydalanish, muammolarni texnologiyalar yordamida hal qilish va kelajakda mehnat bozorida talab yuqori boʻladigan koʻnikmalarni egallashi koʻzda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

AI mehnat bozorini oʻzgartirmoqda

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Tadbirda ishtirok etgan Dehli sobiq bosh vaziri oʻrinbosari Manish Sisodiyaning taʼkidlashicha, sunʼiy intellekt yaqin yillarda koʻplab yangi ish oʻrinlarini yaratishi, mavjud kasblarning esa mazmunini oʻzgartirishi kutilmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Uning fikricha, bugungi oʻquvchilar ertangi mehnat bozorida raqobatbardosh boʻlishi uchun maktab davridayoq zamonaviy texnologiyalar bilan ishlashni oʻrganishi zarur.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu bois sunʼiy intellektni maktab taʼlimiga kiritish kelajak ehtiyojlaridan kelib chiqqan muhim qadam hisoblanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Taʼlimni zamonaviylashtirish yoʻlidagi navbatdagi qadam

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Panjob hukumati sunʼiy intellekt fanini davlat maktablariga joriy etish orqali oʻquvchilarning raqamli savodxonligini oshirishni maqsad qilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Rasmiylarning fikricha, bu nafaqat texnologiyalarni tushunishga, balki oʻquvchilarning oliy taʼlim va mehnat bozoriga puxta tayyorgarlik koʻrishiga ham xizmat qiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Mutaxassislar ham soʻnggi yillarda sunʼiy intellektning taʼlim, tibbiyot, sanoat, moliya va xizmat koʻrsatish kabi koʻplab sohalarda keng qoʻllanila boshlagani sababli maktab oʻquvchilarini bu texnologiyalar bilan erta tanishtirish muhimligini taʼkidlamoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Panjob bu borada sunʼiy intellektni barcha davlat maktablari oʻquv dasturiga joriy etayotgan ilk hududlardan biri boʻldi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur tajriba kelgusida Hindistonning boshqa shtatlarida ham ommalashishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, BAA maktablarida sun’iy intellekt majburiy fanga aylangani haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠