Maktab maslahatchisi lavozimi uchun tanlovning ikkinchi mavsumida test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan suhbatlar 6–18-iyul kunlari o‘tkaziladi. Joriy mavsumda 42 ming nafardan ortiq talabgor hujjat topshirgan bo‘lsa, ularning 19 ming nafardan ziyodi suhbat bosqichiga tavsiya etilgan.
Joriy yilning 6–18-iyul kunlari maktab maslahatchisi lavozimi uchun tanlovning ikkinchi mavsumida suhbat bosqichi bo‘lib o‘tadi.
‘‘Kelajak markazlari’’ ma’lumotiga ko‘ra, tanlovning ikkinchi mavsumi doirasida respublika bo‘yicha 7 695 ta umumta’lim maktabi uchun vakansiyalar e’lon qilingan.
Mazkur vakansiyalar uchun jami 42 932 nafar nomzod ariza topshirgan.
Belgilangan talablarga javob bergan 38 303 nafar talabgor test sinovlarida ishtirok etgan.
Test natijalariga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan 19 294 nafar nomzod tanlovning navbatdagi bosqichi — suhbat jarayonida ishtirok etish uchun tavsiya etilgan.
Suhbatlar o‘tkaziladigan manzillar va sanalar bilan quyidagi jadval orqali tanishish mumkin.
| № | Hudud | Suhbat manzili | Suhbat kunlari |
| 1 | Qoraqalpogʻiston Respublikasi | Nukus shahridagi Prezident maktabi | 6-18-iyul |
| 2 | Andijon viloyati | Andijon shahridagi Prezident maktabi | 6-13-iyul |
| 3 | Buxoro viloyati | Buxoro shahridagi Prezident maktabi | 6-14-iyul |
| 4 | Fargʻona viloyati | Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi | 6-16-iyul |
| 5 | Jizzax viloyati | Jizzax shahridagi Prezident maktabi | 6-15-iyul |
| 6 | Namangan viloyati | Namangan shahridagi Prezident maktabi | 6-17-iyul |
| 7 | Navoiy viloyati | Navoiy shahridagi Prezident maktabi | 6-15-iyul |
| 8 | Qashqadaryo viloyati | Qarshi shahridagi Prezident maktabi | 6-18-iyul |
| 9 | Samarqand viloyati | Samarqand shahridagi Prezident maktabi | 6-18-iyul |
| 10 | Sirdaryo viloyati | Guliston shahridagi Prezident maktabi | 6-13-iyul |
| 11 | Surxondaryo viloyati | Termiz shahridagi Prezident maktabi | 6-15-iyul |
| 12 | Toshkent viloyati | Nurafshon shahridagi Prezident maktabi | 6-14-iyul |
| 13 | Xorazm viloyati | Xiva shahridagi Prezident maktabi | 6-17-iyul |
| 14 | Toshkent shahri | Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabi | 6-9-iyul |
