Ijodiy imtihon topshiradiganlarga kirish imtihonida qancha ball beriladi? Ijodiy imtihon topshiriladigan yoʻnalishlar qaysilar?

Ijodiy imtihon topshiradiganlarga kirish imtihonida qancha ball beriladi? Ijodiy imtihon topshiriladigan yoʻnalishlar qaysilar?

Barcha abituriyentlar uchun test sinovi 5 ta fandan boʻlib oʻtadi. Bunda abituriyentlar ikkita asosiy fan va uchta majburiy fandan imtihon topshiradi. Majburiy fanlar: ona tili, matematika va Oʻzbekiston tarixi fanlari barcha abituriyentlar uchun taʼlim yoʻnalishidan qatʼi nazar bir xil hisoblanadi. 3 ta majburiy fandan 10 tadan, jami 30 ta test. Har bir toʻgʻri javob 1,1 balldan, jami 33 ball beriladi.

 

 

Taʼlim yoʻnalishiga mos ikkita asosiy fanning har biridan 30 tadan test beriladi va har bir toʻgʻri javob uchun birinchi fanga 3,1 balldan, jami 93.0 ball, ikkinchi asosiy fan uchun esa 2.1 balldan 63.0 ball beriladi.

 

Shunda abituriyentlar yigʻishi mumkin boʻlgan maksimal ball 189 ballni (33 + 156) tashkil etadi.

 

Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradiganlar uchun asosiy fanlardan test topshirigʻi berilmaydi va ular ijodiy imtihondan oʻtkaziladi.

 

Ayrim yoʻnalishlarda (arxitektura, rangtasvir, dizayn, musiqa, jurnalistika, sport faoliyati kabi alohida iqtidor talab etiladigan sohalar) 2-boʻlimdagi fanlardan biri yoki ikkalasi oʻrniga kasbiy (ijodiy) imtihon boʻladi. Kasbiy yoki ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun quyidagicha ball beriladi:

 

➖ Majburiy uchta fan —33 ball

➖ Kasbiy (ijodiy) imtihon 156 ball bilan baholanadi.

 

Eslatma! Ayrim yoʻnalishlarda ikki asosiy fanning faqat bittasidan, ayrimlarida esa ikkalasidan ham kasbiy-ijodiy imtihon oʻtkaziladi. Shunda, ijodiy imtihon birinchi yoki ikkinchi asosiy fanligiga qarab, 93 yoki 63 ball beriladi.

 

Bunda ham umumiy maksimal ball 189 ballni tashkil etadi. Yaʼni, ijodiy imtihon test bilan birgalikda yakuniy ballga qoʻshilib hisoblanadi va abituriyentning yakuniy natijasini belgilaydi.

 

Joriy yilda quyidagi yoʻnalishlarda kasbiy-ijodiy imtihonlar oʻtkaziladi:

 

Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi

Musiqa taʼlimi

Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati

Chaqiriqqacha harbiy taʼlim

Jismoniy madaniyat

Texnogen sanʼat

Kino-teleoperatorlik

Dizayn

Rangtasvir

Grafika

Haykaltaroshlik

Amaliy sanʼat

Bastakorlik sanʼati

Sanʼatshunoslik

Aktyorlik sanʼati

Rejissyorlik

Dirijyorlik

Vokal sanʼati

Cholgʻu ijrochiligi

Xoreografiya

Xalq ijodiyoti

Dinshunoslik

Islomshunoslik

Jurnalistika

Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar

Arxitektura

Sport faoliyati

Adaptiv jismoniy tarbiya va sport

 

Ma’lumot uchun! Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun ruxsatnomalar boshqa abituriyentlarnikiga qaraganda ertaroq e’lon qilinishi mumkin. O’tgan yilgi qabulda 4-iyul sanasida ijodiy imtihon topshiradiganlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilingan edi.