Ijodiy imtihon topshiradiganlarga kirish imtihonida qancha ball beriladi? Ijodiy imtihon topshiriladigan yoʻnalishlar qaysilar?

Ijodiy imtihon topshiradiganlarga kirish imtihonida qancha ball beriladi? Ijodiy imtihon topshiriladigan yoʻnalishlar qaysilar?

Barcha abituriyentlar uchun test  sinovi ikki bo’limdan iborat bo’ladi. Birinchi bo’lim barcha uchun majburiy fanlar: ona tili, matematika va O’zbekiston tarixidan 10 tadan, jami 30 ta test. Har bir to’g’ri javob 2,1 balldan, jami 63 ball beriladi.

 

Ikkinchi bo’limda esa yo’nalishga mos ikkita fandan test bo’ladi. Asosiy fanlarning har biridan 30 tadan test beriladi va har bir to’g’ri javob uchun 3,1 balldan, jami 126 ball beriladi.

 

Shunda abituriyentlar yig’ishi mumkin bo’lgan maksimal ball 189 ballni (63 + 126) tashkil etadi.

 

Kasbiy (ijodiy) imtihon topshiradiganlar uchun asosiy fanlardan test topshirig’i berilmaydi va ular ijodiy imtihondan o’tkaziladi.

 

Ayrim yo’nalishlarda (arxitektura, rangtasvir, dizayn, musiqa, jurnalistika, sport faoliyati kabi alohida iqtidor talab etiladigan sohalar) 2-bo’limdagi fanlardan biri yoki ikkalasi o’rniga kasbiy (ijodiy) imtihon bo’ladi. Kasbiy yoki ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar uchun quyidagicha ball beriladi:

➖ Majburiy uchta fan — 63 ball

➖ Kasbiy (ijodiy) imtihon 63 ball bilan baholanadi va u 2-bo’limdagi fan o’rnini egallaydi

 

Bunda ham umumiy maksimal ball 189 ballni tashkil etadi. Ya’ni, ijodiy imtihon test bilan birgalikda yakuniy ballga qo’shilib hisoblanadi va abituriyentning yakuniy natijasini belgilaydi.

 

Joriy yilda quyidagi yo’nalishlarda kasbiy-ijodiy imtihonlar o’tkaziladi:

 

Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi
Musiqa taʼlimi
Maxsus pedagogika: surdotarjimonlik faoliyati

Chaqiriqqacha harbiy taʼlim

Jismoniy madaniyat

Texnogen sanʼat

Kino-teleoperatorlik

Dizayn
Rangtasvir
Grafika
Haykaltaroshlik
Amaliy sanʼat
Bastakorlik sanʼati
Sanʼatshunoslik
Aktyorlik sanʼati
Rejissyorlik
Dirijyorlik
Vokal sanʼati
Cholgʻu ijrochiligi
Xoreografiya
Xalq ijodiyoti

Dinshunoslik

Islomshunoslik

Jurnalistika

Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar

Arxitektura

Sport faoliyati
Adaptiv jismoniy tarbiya va sport