Xabaringiz bor, akademik litseylarga yangi o‘quv yili uchun qabul jarayonlari 10-iyundan 10-iyulga (shu kuni ham) qadar davom etadi. 29-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra 34 932 nafar talabgor ariza yuborgan.
2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonida 29-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra 34 932 ta ariza kelib tushgan.
Murojaat qilganlarning 18 551 nafari (53,1 foiz) qizlar, 16 381 nafari (46,9 foiz) esa o‘g‘il bolalarni tashkil etmoqda.
Ayni paytda qabul 69 ta akademik litsey, 18 ta ta’lim yo‘nalishi va 14 898 ta qabul kvotasi bo‘yicha davom etmoqda.
Hududlar kesimida Toshkent shahri eng faol hudud bo‘lib, bu yerdan 6 793 ta ariza topshirilgan. Keyingi o‘rinlarni Qashqadaryo (3 839 ta), Toshkent viloyati (3 374 ta), Farg‘ona (2 873 ta) va Andijon (2 758 ta) egallagan.
Eslatib o‘tamiz, akademik litseylarga hujjatlar my.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda qabul qilinmoqda.
