6-iyunda o‘tkazilgan SAT imtihoni natijalari qachon e’lon qilinadi?

6-iyunda o‘tkazilgan SAT imtihoni natijalari qachon e’lon qilinadi?

“College Board” xalqaro ta’lim tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 6-iyun kuni o‘tkazilgan SAT imtihoni natijalari 22-iyun kuni e’lon qilinadi.

 

SAT natijalari e’lon qilingach, abituriyentlar o‘zlarining “College Board” platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali sertifikatlarini yuklab olib, belgilangan muddatlarda qabul tizimiga yuklashlari lozim.

 

SAT sertifikatlarini DI kod orqali yuborish jarayoni “College Board” tomonidan amalga oshiriladi. Bilim va malakalarni baholash agentligi esa kelib tushgan sertifikatlarning haqiqiyligini tekshiradi. Odatda sertifikatlarning agentlikka yetib kelishi ikki haftagacha vaqt olishi mumkin. Tezlashtirilgan xizmatdan foydalanilganda esa bu muddat qisqaradi.

 

Eslatma: Oliy ta’lim muassasalariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda my.uzbmb.uz sayti orqali davom etmoqda. Ro‘yxatdan o‘tishning birinchi bosqichi 25-iyun kuni (shu kuni ham) yakunlanadi.