O‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabalar ham abituriyent sifatida oliygohlarga hujjat topshirishi mumkin. Qonunchilikda bir vaqtning o‘zida ham o‘qishni ko‘chirish, ham bakalavriat qabuli uchun hujjat topshirish taqiqlanmagan. Yakunda talaba o‘zi uchun maqbul bo‘lgan variantni tanlaydi.
Oʻqishni koʻchirmoqchi boʻlgan talaba oliygohga abituriyent boʻlib ham hujjat topshirishi mumkin.
Buning uchun, 5-iyun va 25-iyun oraligʻida my.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent sifatida oliy taʼlim muassasasiga hujjat topshirishi mumkin va saytga diplom yoki attestat raqamini kiritishi kifoya.
15-iyul sanasidan boshlanadigan oʻqishni koʻchirish uchun qabul jarayonida ham tegishli sayt orqali “perevod” uchun hujjat topshirishi imkoniyatiga ega. Bunda transkript yuklansa kifoya.
Abituriyent va “perevodchilar” uchun test bir xil vaqtda boʻlmasligi sababli bemalol imtihonga kirib chiqishi va muvaffaqiyatli oʻtganidan soʻng, keyinchalik oʻz xohshiga koʻra birini tanlashiga toʻgʻri keladi.
Bir vaqtda ikki xil jarayonga hujjat topshirish taqiqlanmagan va bu keyinchalik talabaga hech qanday muammo tugʻdirmaydi. Ammo bir vaqtning oʻzida ikkita oliy taʼlimda oʻqish imkoniyati mavjud emas.
Avvalroq, endi oʻqishni koʻchirishda ham milliy va xalqaro sertifikatlar amal qilishi haqida xabar bergan edik.
