SAT sertifikati asosida qo‘shimcha davlat granti faqat birinchi o‘quv yili uchun beriladimi?

SAT sertifikati asosida qo‘shimcha davlat granti faqat birinchi o‘quv yili uchun beriladimi?

SAT sertifikati asosida qo‘shimcha davlat grantiga qabul qilingan talabalar ushbu imtiyozdan bakalavriatning barcha bosqichlarida foydalanishi mumkin. Biroq grant faqat abituriyent birinchi ustuvor yo‘nalish sifatida kunduzgi ta’lim shaklini tanlagan va aynan shu yo‘nalish bo‘yicha o‘qishga tavsiya etilgan taqdirda saqlab qolinadi.

 

SAT sertifikati asosida qo‘shimcha davlat grantiga qabul qilingan talabalar grantdan bakalavriatning butun ta’lim davri davomida foydalanadilar. Mazkur grant faqat birinchi o‘quv yili bilan cheklanmaydi.

 

Biroq, ushbu imtiyoz SAT sertifikati asosida birinchi tanlov (birinchi ustuvor yo‘nalish) bo‘yicha o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlarga nisbatan qo‘llaniladi.

 

Birinchi ustuvor yo‘nalish nima degani?

 

SAT imtiyoziga ega abituriyentlar qabulning ikkinchi bosqichida yo‘nalish, ta’lim tili va universitet tanlayotganda matematika va chet tili blokidagi 5 tagacha yo‘nalishni tanlashi mumkin.

 

Lekin bu yerda bitta juda muhim qoida bor, o‘sha 5 tagacha yo‘nalishning birinchi tanlangan yo‘nalishi (birinchi ustuvor yo‘nalish) ta’lim shakli kunduzgi bo‘lsagina SAT imtiyozidan foydalaniladi.

 

Chunki davlat granti faqat kunduzgi ta’lim shakllarida mavjud.

 

Masalan, abituriyent birinchi yo‘nalish sifatida kechki yoki masofaviy ta’lim shaklini tanlasa, uning SAT imtiyozi avtomatik ravishda bekor bo‘ladi.

 

Avvalroq, SAT sertifikatiga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tishda imtiyozdan qanday foydalanishi haqida xabar bergan edik.