2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul kvotalari Prezidentning F–43-son farmoyishi bilan tasdiqlangan. Hujjatga ko‘ra, grant o‘rinlari ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida taqsimlanib, xorijiy va nodavlat OTMlar, yosh vatandoshlar hamda xotin-qizlar uchun alohida grant kvotalari nazarda tutilgan.
2026/2027-o‘quv yili uchun bakalavriat va magistratura bosqichlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosida qabul kvotalari Prezidentning 2024-yil 18-iyuldagi F–43-son farmoyishi bilan tasdiqlangan.
Unga ko‘ra, davlat granti kvotalari ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar kesimida belgilanadi.
Farmoyishga muvofiq, bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun davlat granti asosidagi qabul kvotalari belgilandi. Shuningdek, davlat komissiyasiga kadrlar buyurtmachilarining ehtiyojidan kelib chiqib, tasdiqlangan grant kvotalari doirasida o‘zgartirishlar kiritish vakolati berildi.
Hujjatga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari uchun 1320 ta davlat granti ajratilishi, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun esa 30 ta davlat grantini taqsimlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Bundan tashqari, xotin-qizlar uchun ajratilgan 4000 ta davlat grantining taqsimoti ham belgilangan.
Davlat komissiyasi yangi o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va tillari kesimidagi qabul parametrlari, imtiyozga ega abituriyentlar uchun qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari hamda davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishning minimal o‘tish ballarini tasdiqlaydi.
Farmoyishda hududlar va tarmoqlarning oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqib maqsadli qabul parametrlarini shakllantirish, shuningdek, ayrim ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari uchun alohida qabul parametrlarini belgilash nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab imtiyozli toifadagi abituriyentlar belgilangan o‘tish balini to‘plagan taqdirda, to‘plagan ballariga mos ravishda qo‘shimcha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilishi mumkin.
Joriy yilgi bakalavriat va magistratura bosqichlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat granti asosida qabul kvotalari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.
Avvalroq, abituriyentlar OTM ga attestatsiz ham ro‘yxatdan o‘tishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
