Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lum qilishicha, maktab, akademik litsey va kasb-hunar maktablarining 2026-yil bitiruvchilariga oid attestat hamda ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli axborot tizimlaridan avtomatik olinadi. Shu sababli abituriyentlar hujjat topshirish jarayonini attestat qo‘liga tegishini kutmasdan boshlashlari mumkin.
Xabaringiz bor oliy taʼlim muassalariga qabul boshlanib, my.uzbmb.uz sayti orqali hujjatlar online qabul qilinmoqda. Ushbu jarayonlarda abituriyentlar attesttastatsiz ham roʻyxatdan oʻtishlari mumkin, attestat berilishini kutish shart emas. Bu haqda BMBA bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul va bunda abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish bo‘yichaoʻtkazilgan ovozli chatda rasmiy xabar berdi.
my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional taʼlim muassasalariga qabul uchun onlayn roʻyxatdan oʻtishda tugatgan taʼlim muassasasi maʼlumotlarini kiritish lozimligi belgilangan.
Lekin joriy yil bitiruvchilari (umumtaʼlim maktablari, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari) uchun jarayon boshqacha tashkil etilgan.
Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan taʼlim muassasasi va attestat/diplom maʼlumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimlaridan integratsiya orqali avtomatik ravishda olinadi. Abituriyent bu maʼlumotlarni oʻzi toʻldirmaydi.
Shuning uchun, joriy yil bitiruvchilari qoʻllariga attestat berilishini kutib oʻtirmasdan, my.uzbmb.uz sayti orqali hozirning oʻzida qabul uchun bemalol roʻyxatdan oʻtishlari mumkin.
Avvalroq, telefon raqamini yo‘qotgan yoki parolini unutgan abituriyentlar qanday yo‘l tutishi kerakligi haqida xabar bergan edik.
