Telefon raqamini yo‘qotgan yoki parolini unutgan abituriyentlar qanday yo‘l tutishi kerak?

Telefon raqamini yo‘qotgan yoki parolini unutgan abituriyentlar qanday yo‘l tutishi kerak?

Oliy taʼlim muassasalariga onlayn roʻyxatdan oʻtishda foydalanilgan telefon raqami maʼlumotlarni tasdiqlash va oʻzgartirishning asosiy vositasi hisoblanadi. Bilim va malakalarni baholash agentligi ma’lumotiga ko‘ra, parolini unutgan abituriyentlar maxsus xizmat orqali uni qayta tiklashi, telefon raqamini yo‘qotganlar esa OneID tizimi yordamida shaxsiy kabinetdagi raqamini yangilashi mumkin.

 

Xabaringiz bor, davlat oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish jarayoni boshlandi. Ushbu jarayonda abituriyentlardan telefon raqami orqali roʻyxatdan oʻtish soʻraladi.

 

Oliy va professional taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun onlayn roʻyxatdan oʻtishda abituriyentning telefon raqami maʼlumotlarni tasdiqlash vositasi hisoblanadi.

 

Bunda maʼlumotlarni tasdiqlash uchun abituriyentning telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi va SMS xabardagi kodni dasturga kiritish orqali maʼlumotlar tasdiqlanadi.

 

Roʻyxatdan oʻtishda foydalanilgan (tizimga kiritilgan) telefon raqamisiz maʼlumotlarni tasdiqlab yoki oʻzgartirib boʻlmaydi.

 

Telefon raqamini yoʻqotgan yoki parolini unutgan abituriyentlar qanday yoʻl tutishlari lozim?

 

Bilim va malakalarni baholash agentligi xabar berishicha, abituriyentlar ushbu muammoni quyidagi usullar orqali mustaqil hal qilishlari mumkin:

 

Parolni unutganlar my.uzbmb.uz saytida joylashgan “Parolni tiklash” xizmati orqali shaxsiy kabinet parolini yangilashlari mumkin.

 

Telefon raqamini yoʻqotganlar my.uzbmb.uz saytidagi “OneID” xizmati orqali shaxsiy kabinetga kirib, telefon raqamini yangilash imkoniyatiga ega.

 

Avvalroq, Bilim va malakalarni baholsh agentligi abiyuriyentlarni ro‘yxatdan o‘tishda o‘z telefon raqamidan foydalanishga chaqirgan edi.