QarDUdagi 101 nafar talabaning ta’lim olish huquqi tiklandi

QarDUdagi 101 nafar talabaning ta’lim olish huquqi tiklandi

Qarshi davlat universitetining bir guruh talabalari kursdan-kursga qoldirilganidan norozi bo‘lib, adliya organlariga murojaat qilgan. Sud qarori bilan 101 nafar talabaning o‘z kurslarida ta’limni davom ettirish huquqi tiklandi.

Qarshi davlat universiteti tibbiyot fakultetining Davolash ishi va Pediatriya ishi yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bir guruh talabalar kursdan-kursga qoldirilganidan norozi bo‘lib, adliya organlariga murojaat qilgan.

 

Mazkur murojaat Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan atroflicha o‘rganilib, talabalar manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudga da’vo arizasi kiritilgan.

 

Sud muhokamalari natijasida universitet rektori buyrug‘ining tegishli bandlari bekor qilinib, jami 101 nafar talabaning o‘z kurslarida ta’limni davom ettirish huquqi tiklandi.