Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda o‘tkaziladi?

Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda o‘tkaziladi?

Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari yo‘nalish va sinflar kesimida turli fanlardan test shaklida o‘tkaziladi. Abituriyentlar aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha jami 45 ta topshiriqni bajaradi.

 

Xabar berganimizdek, 15-maydan ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat qabul qilish boshlandi.

 

Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari qaysi fanlardan va qanday tartibda o‘tkaziladi?

 

Ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari yo‘nalishlar bo‘yicha bir bosqichda quyidagi fanlardan o‘tkaziladi.


Aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:

 

– 5–7-sinflar uchun matematika (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);

 

– 8–11-sinflar uchun algebra (12 ta topshiriq), geometriya (8 ta topshiriq), fizika (10 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.

 

Tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha:

 

–  7-sinflar uchun tabiiy fanlar (science) (30 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq);

 

– 8–11-sinflar uchun biologiya (10 ta topshiriq), kimyo (20 ta topshiriq) va ingliz tili (15 ta topshiriq) fanlaridan (jami 45 ta topshiriq) test shaklida o‘tkaziladi.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun –  Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Avvalroq, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga topshirilgan hujjatda kamchilik aniqlansa qanday chora koʻrilishi haqida xabar bergan edik.