Hayit munosabati bilan bugun ishdan 1 soat vaqtli ketish mumkin

Hayit munosabati bilan bugun ishdan 1 soat vaqtli ketish mumkin

Bugun, 26-may — Arafa kuni. Ertaga Qurbon hayitining birinchi kuni. Mehnat kodeksiga ko‘ra, bayram arafasida xodimlar ishdan kamida bir soat vaqtliroq ketishlari mumkin.

 

Xabaringiz bor, ertaga Qurbon hayitining birinchi kuni, yaʼni ishlanmaydigan bayram. Bugun esa Arafa kuni.

 

Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Demak, bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishga haqli.

 

Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

 

Shuningdek, Prezidentning “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori imzolangani haqida xabar bergan edik. Unga ko’ra, 27-may Qurbon hayitining birinchi kuni deb belgilandi va shu munosabat bilan ish haftasining turidan qat’iy nazar barcha xodimlar ketma-ket 5 kun dam oladi.

 

Dam olish kunlari:

 

27-may, chorshanba – Qurbon hayiti;

28-may, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

29-may, juma – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

30-may, shanba – haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

31-may, yakshanba – barcha uchun odatiy dam olish kuni.