Qurbon hayiti 27-may kuni nishonlanishi belgilandi: oʻzbekistonlikar hayit munosabati bilan necha kun dam oladi?

Qurbon hayiti 27-may kuni nishonlanishi belgilandi: oʻzbekistonlikar hayit munosabati bilan necha kun dam oladi?

 

Qarorga ko’ra, 27-may Qurbon hayitining birinchi kuni deb belgilandi va shu munosabat bilan ish haftasining turidan qat’iy nazar barcha xodimlar ketma-ket 5 kun dam oladi.

 

 

Kelasi hafta 5 kun dam olish kuni bo’ladi:

27-may, chorshanba – Qurbon hayiti;

28-may, payshanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

29-may, juma – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

30-may, shanba – haftada 6 kun ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

31-may, yakshanba – barcha uchun odatiy dam olish kuni.