Abituriyentlar va talabalar uchun bazaviy hamda tabaqalashtirilgan kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 2026-yil 10-iyunga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Abituriyentlar, ularning ota-onalari va oliy ta’lim tashkilotlarining murojaatlari inobatga olinib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli bayoni bilan quyidagi toifadagi fuqarolar uchun to‘lov-kontrakt muddatlari uzaytirildi:
— bakalavriat va magistraturada bugungi kunga qadar darslarda qatnashib, yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan abituriyentlar;
— o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar.
Ular uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning bir yillik o‘qitish qiymatining 100 foizini to‘lash hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2026-yil 10-iyunga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati oliy ta’lim tashkilotlari rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.
