Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot ta’limida yangi yondashuv

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot ta’limida yangi yondashuv

Bugungi kunda O‘zbekistonda tibbiyot yo‘nalishlariga qiziqish tobora ortmoqda. Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda oliy ta’limdagi tibbiyot yo‘nalishlari ulushi 7 foizdan 9 foizgacha oshgan. Bu esa mazkur sohada zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmaga ega mutaxassislarga ehtiyoj oshib borayotganini ko‘rsatadi.

 

Tibbiyot ta’limida nazariya bilan bir qatorda klinik amaliyot, simulyatsion mashg‘ulotlar va xalqaro tajriba ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu yo‘nalishda Toshkent Kimyo xalqaro universiteti (KIUT) tibbiyot ta’limini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratayotgan oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot ta’limida yangi yondashuv

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 2018-yilda Toshkent shahrida ‘‘Yeodju texnika instituti’’ nomi ostida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda O‘zbekistonning yirik nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan biriga aylangan. Hozirda universitet tarkibidagi 5 ta ta’lim maktabida 38 ta bakalavriat va 22 ta magistratura yo‘nalishi bo‘yicha 40 mingdan ortiq talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, universitetning Namangan va Samarqand shaharlarida ham filiallari mavjud.

 

Tibbiyot yo‘nalishida esa universitetda ta’lim klinik amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv asosida tashkil etilgan.

 

Tibbiyot yo‘nalishida ta’lim

 

KIUT Tibbiyot fakultetida bugungi kunda 4 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi:

 

— Davolash ishi
— Stomatologiya
— Pediatriya ishi
— Oliy hamshiralik ishi

 

Mazkur yo‘nalishlarda ta’lim jarayoni nazariy fanlar bilan bir qatorda klinik amaliyotga tayangan holda olib boriladi. Talabalar anatomiya, gistologiya, farmakologiya, mikrobiologiya kabi fanlarni o‘rganish bilan birga, yuqori bosqichlarda klinikalarda amaliy tajriba o‘taydi.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot ta’limida yangi yondashuv

Simulyatsion mashg‘ulotlar, zamonaviy diagnostika usullari va raqamli texnologiyalar ham o‘quv jarayoniga kiritilgan. Talabalar CAD/CAM texnologiyalari, 3D tasvirlar tahlili hamda elektron tibbiy hujjatlar bilan ishlashni ham o‘zlashtiradi.

 

Shuningdek, dasturlarda bolalar salomatligi, birlamchi tibbiy yordam, bemorlarni parvarish qilish va reabilitatsiya bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar rivojlantiriladi.

 

Nazariya va amaliyot uyg‘unligi

 

2023yilda universitet huzurida “Kimyo University Hospital” ko‘p tarmoqli klinikasi faoliyat boshladi. Mazkur klinika nafaqat aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi muassasa, balki universitetning tibbiyot yo‘nalishi talabalari uchun amaliyot va malaka oshirish bazasi sifatida ham xizmat qiladi.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot ta’limida yangi yondashuv

Talabalar bu yerda o‘z nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llaydi, ayrim operatsiyalarni onlayn translatsiya orqali bevosita kuzatib borish imkoniga ega bo‘ladi.

 

Shuningdek universitetda amaliy mashg‘ulotlar uchun simulyatsion mulyajlar bazasi ham mavjud bo‘lib, talabalar mutaxassislar bilan birga jadval asosida o‘z ko‘nikmalarni rivojlantiradi.

 

Xalqaro hamkorlik va imkoniyatlar

 

Universitet xalqaro hamkorlikni ta’lim sifatini oshirishning muhim omillaridan biri sifatida ko‘radi. Hozirgi kunda universitet 30 dan ortiq davlatdagi 120 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik kelishuvlariga ega.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot ta’limida yangi yondashuv

Xususan, Tibbiyot fakulteti Turkiya, Janubiy Koreya va Qirg‘izistonning qator nufuzli universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

 

Hamkor universitetlar qatorida:

 

  • Necmettin Erbakan University;
  • Istanbul Aydin University;
  • Soonchunhyang University;
  • Salymbekov University mavjud.

 

Mazkur hamkorliklar orqali talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun exchange dasturlari, xorijda o‘qish va amaliyot imkoniyatlari yaratilgan.

 

“Oliy hamshiralik ishi” yo‘nalishida 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida 2+2 dasturi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan. Bu tashabbus talabalar uchun xalqaro tajriba, til ko‘nikmalari va raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot ta’limida yangi yondashuv

Shuningdek,  Janubiy Koreyaning Kyungdong universiteti bilan ham “2+2” dasturini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan bo‘lib, bu orqali “Hamshiralik ishi”, “Stomatologiya” va boshqa tibbiyot yo‘nalishlarida qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshiriladi.

 

Bundan tashqari, universitetda Janubiy Koreya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya va Malayziya kabi davlatlarning oliy ta’lim muassasalarida tahsil olgan xalqaro hamda mahalliy professor-o‘qituvchilar ham faoliyat yuritmoqda.

 

Talabalar yutuqlari va ilmiy rivojlanish

 

KIUT tibbiyot yo‘nalishi talabalari respublika va xalqaro tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

 

Jumladan, “Davolash ishi” yo‘nalishi talabalari:

 

— 12 ta 1-o‘rin;
— 26 ta 2-o‘rin;
— 38 ta 3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

 

Shuningdek, 50 dan ortiq talabalar grant va nomdor stipendiyalar sohibiga aylangan.

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti tibbiyot ta’limida yangi yondashuv

“Stomatologiya” yo‘nalishi talabalari ham xalqaro va respublika tanlovlarida muvaffaqiyatli qatnashib, ko‘plab sovrinli o‘rinlarni egallagan. 40 dan ortiq talabalar grant va stipendiyalarni qo‘lga kiritgan.

 

Universitetda talabalar ilmiy-tadqiqot faoliyatiga ham keng jalb etiladi. Jumladan, 2026-yildan boshlab “Davolash ishi” yo‘nalishida xalqaro USMLE imtihonlariga tayyorgarlik kurslari yo‘lga qo‘yildi.

 

Zamonaviy ta’lim sari muhim qadam

 

Bugungi kunda tibbiyot sohasi chuqur bilim bilan birga amaliy tajribani ham talab qiladi. KIUTda esa ta’lim jarayoni aynan shu ikki yo‘nalish uyg‘unligida tashkil etilgan.

 

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:

 

Toshkent kimyo xalqaro universitetining rasmiy Veb-sayt: www.kiut.uz

Telegram: t.me/kiut_official

Instagram: instagram.com/kiut.official

Facebook: facebook.com/kiut.official

YouTube: youtube.com/@kiut.official

Qabul platformasi: admission.kiut.uz