So‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida YHXX o‘quvchi va ota-onalarni ogohlantirdi

So‘nggi qo‘ng‘iroq arafasida YHXX o‘quvchi va ota-onalarni ogohlantirdi

25-may “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari yaqinlashishi munosabati bilan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati o‘quvchilar va ota-onalarga murojaat bilan chiqdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Unda voyaga yetmaganlarning avtomobil boshqarishi bilan bog‘liq xavfli holatlarning oldini olish zarurligi ta’kidlandi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

YHXX ma’lumotlariga ko‘ra, har yili 25-may sanasi yaqinlashishi bilan yo‘llarda haydovchilik huquqiga ega bo‘lmagan o‘quvchilarning transport vositalarini boshqarish holatlari aniqlanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Jumladan, 2025-yilgi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni soat 14:00 gacha respublika bo‘ylab voyaga yetmaganlar tomonidan avtomobil boshqarish bilan bog‘liq 256 ta holat qayt etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shuningdek, so‘nggi vaqtlarda ayrim o‘quvchi yoshlar tomonidan haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmasdan avtomashina boshqarish holatlari ko‘paygani, eng achinarlisi, tajribasiz yoshlar ishtirokida ko‘ngilsiz yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘layotgani ta’kidlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Voyaga yetmaganlar ishtirokidagi avtohalokatlarning oldini olish maqsadida profilaktik reyd tadbirlari o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Tadbirlar davomida aniqlangan har bir qoidabuzarlik uchun qonunchilikka muvofiq javobgarlik muqarrarligi ta’minlanishi qayt etildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

‘‘Aziz bitiruvchilar, yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha yetarli bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lmasdan turib avtomobil boshqarish orqali o‘z hayotingizni xavf ostiga qo‘ymang.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Hurmatli ota-onalar, “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari arafasida farzandingizga avtomobil kalitini ishonib topshirmang.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Ularning bir lahzalik quvonchiga hissa qoʻshaman deb, kelajagiga ziyon yetkazishiga sababchi boʻlib qolmang’’, — deyiladi murojaatda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Eslatib o‘rtamiz, Fargʻona viloyatida voyaga yetmagan haydovchi 3 nafar 10 yoshli qizni urib yuborgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Hodisa oqibatida ulardan biri vafot etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠⁠