Fargʻonada voyaga yetmagan haydovchi 3 nafar 10 yoshli qizni urib yubordi. Ulardan biri vafot etdi

Fargʻonada voyaga yetmagan haydovchi 3 nafar 10 yoshli qizni urib yubordi. Ulardan biri vafot etdi

Farg’ona viloyati Qo’qon shahrida yo’ldan o’tayotgan uch nafar 10 yoshli qizni Malibu-2 avtomobili urib yubordi. Ulardan biri shifoxonada vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

 

Maʼlum qilishicha, joriy yilning 20-may kuni soat 16:00 larda voyaga yetmagan Z.A. oʻz boshqaruvidagi «Malibu 2« rusumli avtomashinasini Qoʻqon shahri Amir Temur koʻchasida haydab ketayotib, piyodalar oʻtish joyidan oʻtayotgan 2016-yilda tugʻilgan uch nafar voyaga yetmagan qizni urib yuborgan.

 

Hodisa oqibatida voyaga yetmagan M.K. olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.

 

Mazkur holat yuzasidan mashinani boshqargan voyaga yetmagan Z.A.ga nisbatanJinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odam o‘limiga sabab bo‘lishi) bilanjinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Fargʻona viloyati IIB ota-onalarga murojaat bilan chiqdi. Ota-onalarni voyaga yetmagan, haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan farzandlariga avtomashina boshqarishiga yoʻl qoʻymaslikka chaqirdi.

 

Avvalroq, Olmaliqda mototsikl urib yuborishi natijasida 15 yoshli o‘quvchi qiz oyog‘idan ajralgani haqida xabar bergan edik.