Andijonda 2-sinf o‘quvchisi Muhammadyusuf Ibrohimjonov xalqaro IELTS imtihonidan 7 ballik (С1) natijani qayd etdi. Bu haqda viloyat MMTB xabar berdi.
Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi 19-umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Ibrohimjonov Muhammadyusuf Sardorbek o‘g‘li xalqaro IELTS 7.0 ballik (С1) sertifikatni qo‘lga kiritdi.
O‘quvchi mazkur sinovda Listening (Tinglab tushunish) boʻyicha 7,5 ball, Reading (O‘qib tushunish) 6,5 ball, Writing (Yozish) 7,0 ball va Speaking (Gapirish) qismidan 6,5 ball to‘plagan.
Bundan oldinroq, u chet tilini bilish darajasini aniqlash imthonida umumiy hisobda 54 ball toʻplab, B2 darajasiga ega boʻlgani haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, avvalroq Andijonda 10 yoshli maktab o‘quvchisi CEFR C1 sertifikatini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.
