O‘qituvchilarning metodik ishlarini ommalashtirish natijalari e’lon qilindi

O‘qituvchilarning metodik ishlarini ommalashtirish natijalari e’lon qilindi

“Oʻqituvchilarning ilgʻor tajribalari va zamonaviy metodikalarini ommalashtirish” jarayonining texnik va mazmuniy ekspertiza bosqichlari yakunlandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Respublika boʻyicha 49 mingdan ortiq metodik ish koʻrib chiqilgan boʻlib, 440 ta ish respublika bosqichiga tavsiya etildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

“Oʻqituvchilarning ilgʻor tajribalari va zamonaviy metodikalarini ommalashtirish” jarayonining 1-bosqich texnik ekspertiza va 2-bosqich mazmuniy ekspertiza natijalarini eʼlon qilindi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠ Bu haqda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti xabar berdi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Unga koʻra, joriy yilning 10-aprelidan 15-mayiga qadar kelib tushgan metodik ishlar saralashning birinchi — texnik, ikkinchi — mazmuniy ekspertiza bosqichi yakunlangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Xabaringiz bor, oʻqituvchilarning metodik ishlari joriy yilning 20-martidan 10-apreliga qadar ommalashtirish.avloniy.uz orqali qabul qilingan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Birinchi bosqich natijalariga koʻra, respublika boʻyicha 49 128 ta metodik ishdan 42 302 tasi mazmuniy ekspertizaga yuborilgan boʻlib, 6 826 tasi texnik ekspertlar tomonidan rad etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Shuningdek, ikkinchi bosqich natijalariga koʻra, 42 302 ta metodik ishdan 1 103 tasi rad etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Natijalarga koʻra, maktab miqyosida 12 240 ta, tuman miqyosida 21 739 ta, viloyat (shahar) va Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqyosida 6 780 ta metodik ish ommalashtirishga tavsiya etilgan boʻlib, respublika bosqichiga tavsiya etilgan metodik ishlar soni 440 tani tashkil etmoqda.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Mazmuniy ekspertiza bosqichida 8 ta fan yoʻnalishi boʻyicha Oʻquv-metodik kengash faoliyati yoʻlga qoʻyilib, metodistlar, professor-oʻqituvchilar, ixtisoslashtirilgan maktab mutaxassislari hamda umumtaʼlim muassasalarining tajribali pedagoglaridan iborat ekspertlar tarkibi metodik ishlarni koʻrib chiqqan va baholagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Ishtirokchilar texnik va mazmuniy ekspertiza bosqichi natijalarini ommalashtirish.avloniy.uz platformasidagi shaxsiy kabinetlari orqali bilib olishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠

Texnik va mazmuniy ekspertiza bosqichidan oʻta olmagan ishtirokchilarga metodik ishlarini takomillashtirib, kelgusida yana oʻz imkoniyatlarini sinab koʻrishlarini tavsiya etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌⁠‌‌⁠⁠