14-may kuni University of Business and Science universiteti tashabbusi bilan “UBS Demo day” innovatsion loyihalar tanlovi o‘tkazildi. Unda talabalar va yosh startapchilar o‘z innovatsion loyihalarini investorlar hamda ekspertlar oldida taqdim etdi.
2026-yilning 14-may kuni University of Business and Science tashabbusi bilan AloqaVentures, Yoshlar Ventures, AIS Ventures, AloqaBank va Startup Garage hamkorligida “UBS Demo day” innovatsion loyihalar tanlovi tashkil etildi.
Tadbir davomida AloqaVentures venchur fondi faoliyati, startapchilar uchun mavjud imkoniyatlar, investitsiya jalb qilish va loyihalarni rivojlantirish yoʻnalishlari haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, Startup Garage va Yoshlar Ventures vakillari tomonidan ham yosh tadbirkorlar va startapchilar uchun qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari, ekotizim imkoniyatlari hamda amaliy tavsiyalar taqdim etildi.
Demo Day doirasida UBS talabalari va yosh startapchilar oʻz loyihalarini investorlar hamda ekspertlar oldida namoyish etdilar. Xususan, “CliniCore”, “Etnicolor”, “EkoToys”, “MediD” va “VISITCA” kabi startap loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.
Tadbir yakunida istiqbolli startaplar taqdirlanib, investitsion takliflar eʼlon qilindi. Ishtirokchilar ekspertlardan feedback olish, yangi hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish va loyihalarini yanada rivojlantirish boʻyicha foydali tavsiyalarga ega boʻldilar.
Shuningdek, tadbir soʻngida AI Station kompaniyasi bilan hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum doirasida kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar uchun “University of Business and Science” universitetining rasmiy Veb-sayt: ubsu.uz/uz
Telegram: t.me/ubsuzbekistan
Instagram: instagram.com/ubs.uz
Facebook: facebook.com/ubs.uz
YouTube: youtube.com/@ubsuzbekistan
Qabul platformasi: qabul.ubsu.uz/login




