Andijonda 10 yoshli maktab o‘quvchisi CEFR C1 sertifikatini qo‘lga kiritdi

Andijonda 10 yoshli maktab o‘quvchisi CEFR C1 sertifikatini qo‘lga kiritdi

Andijon shahridagi 4-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Yaxyobek Tursunov chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonidan C1 darajali sertifikatni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Andijon viloyati MMTB matbuot xizmati xabar berdi.

 

Viloyat boshqarmasining xabariga ko‘ra, Andijon shahridagi 4-umumta’lim maktabining 3-sinf o‘quvchisi Yaxyobek Tursunov ingliz tilidan C1 darajasiga ega bo‘lgan.

 

10 yoshli o‘quvchi sinovda Listening (tinglab tushunish) boʻyicha 73 ball, Reading (o‘qib tushunish) 70 ball, Writing (yozish) 53 ball va Speaking (gapirish) qismidan 65 ball to‘plagan.

 

Avvalroq, Samarqandda 4-sinf o‘quvchisi CEFR B2 sertifikatini qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.