Trend davom etadi: Andijonda 58 nafar bog‘cha bolasi mikroavtobusda tashildi

Trend davom etadi: Andijonda 58 nafar bog‘cha bolasi mikroavtobusda tashildi

Andijon viloyatida oʻtkazilgan maxsus reyd davomida haydovchi mikroavtobusda 58 nafar bolani tashiyotgani aniqlandi. Ushbu holat boʻyicha haydovchiga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

 

2026-yil 6-may kuni Andijon viloyatida oʻtkazilgan maxsus reyd tadbirlari davomida, Izboskan tumani Oʻrta qishloq mahallasi, Mumtoz koʻchasida haydovchi, Q.Z. oʻzining “King long” rusumli mikroavtobus transport vositasida “Xadichabegim” davlat xususiy sherikchilik taʼlim muassasasidagi 58 nafar tarbiyalanuvchilarni olib ketayotgan vaqtida YPX xodimlari tomonidan toʻxtatib qolingan.

 

Maʼlum qilinishicha, avtoulov oʻrindiqlari 8 kishi uchun moʻljallangan.

 

Holat yuzasidan, haydovchiga nisbatan YHQning 159-bandi “Odam tashish” qoidasini buzganligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 128 prim 8-moddasiga asosan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

 

Shu bilan birga haydovchi hamda taʼlim muassasasi rahbariyati bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan.

 

 

Avvalroq, Samarqandda “Damas” avtomashinasi orqali 28 ta bogʻcha bolasi tashilgani yuzasidan MMTB rasmiy munosabat bildirilgan edi.

 

Shuningdek, 13 nafar bolani Matizda bogʻchaga olib ketayotgan ayol YTH ga uchrab vafot etgani haqida xabar bergan edik.