Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul sanalari ma’lum boʻldi

Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul sanalari ma’lum boʻldi

Ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga  2026/2027-yilgi oʻquv yili uchun qabul eʼlon qilindi. Arizalar qabuli 15-maydan 4-iyungacha davom etadi.

 

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan va ijod maktablariga 2026/2027-oʻquv yili uchun hujjatlar qabuli 15-maydan 4-iyungacha onlayn shaklda my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali amalga oshiriladi. Bu haqda Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi xabar berdi.

 

Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga qanday hujjatlar talab etiladi?

 

– oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurat;

 

– tugʻilganlik haqida guvohnoma (metrika);

 

– ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti (ID-kartasi) maʼlumotlari;

 

– bogʻlanish uchun telefon raqamlari talab qilinadi.

 

Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?

 

Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:

 

– aniq fanlar yoʻnalishi boʻyicha 5-sinfiga;

 

– tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha 7-sinfiga;

 

– shuningdek, mavjud boʻsh oʻrinlariga oʻquvchilar qabul qilinadi.

 

Ijod maktablarining nechanchi sinflariga qabul qilinadi?

– Ijod maktablariga 6-sinfni tugatgan oʻquvchilar 7-sinfga;

 

– shuningdek, mavjud bo‘sh o‘rinlarga qabul qilinadi.

 

Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun call-markazning 1206 raqamlariga bogʻlanishingiz mumkin.

 

Eslatib oʻtamiz, Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tasarrufidagi  maktablarga qabul imtihoni spetsifikatsiyasi eʼlon qilingan edi.

 

Shuningdek, yangi tashkil etilayotgan ixtisoslashtirilgan maktablar roʻyxati bilan (hududlar kesimida) ham ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

 

Avvalroq, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga hujjat topshirishda nimalarni bilishingiz kerakligi haqida xabar bergan edik.