AQSHning Vashington shtati Takoma shahrida joylashgan maktabda pichoq bilan sodir etilgan hujum oqibatida 6 kishi jarohat oldi. Jabrlanganlarning 5 nafari o‘quvchi, yana biri maktab qo‘riqchisi bo‘lgan. Gumonlanuvchi esa qo‘lga olingan.
‘‘The New York Times’’ xabariga ko‘ra, hodisa Takoma shahridagi “Foss” o‘rta maktabida yuz bergan.
Mahalliy maxsus xizmatlarga voqea haqida chaqiruv soat 13:30 atrofida kelib tushgan. Dastlab bir nafar jabrlanuvchi bino tashqarisida aniqlangan, keyinchalik qutqaruvchilar ichkariga kirib, boshqa yaradorlarga yordam ko‘rsatgan.
Ma’lum qilinishicha, to‘rt nafar o‘quvchi pichoq jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Maktab qo‘riqchisi ham jarohat olib, shifoxonaga olib ketilgan.
Shahar politsiyasi vakili Shelby Boydning aytishicha, hodisada gumon qilingan bir nafar o‘quvchi qo‘lga olingan. U besh modda bo‘yicha birinchi darajali hujum aybi bilan ushlangan.
Hodisadan so‘ng maktabda xavfsizlik tartibi joriy etilgan. Ota-onalarga farzandlarini olib ketishga ruxsat berilgan.
Avvalroq, Turkiyaning Kahramanmarash shahrida joylashgan maktablardan birida otishma sodir bo‘lgan edi. Hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lib, 20 kishi jarohat olgan edi.
