Talabalar bildirgan muammolar bo‘yicha oliygohlarga 162 ta ogohlantirish yuborildi

Talabalar bildirgan muammolar bo‘yicha oliygohlarga 162 ta ogohlantirish yuborildi

2026-yilgi Umummilliy talabalar so‘rovnomasi natijalari asosida ta’lim muhitidagi muammolar tahlil qilinib, salbiy ko‘rsatkich qayd etilgan oliygohlarga kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha choralar belgilandi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Jumladan, 162 ta ogohlantirish yuborilgan.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

2026-yil 21-yanvardan 7-fevralga qadar “HEMIS” axborot tizimi orqali Umummilliy talabalar so‘rovnomasi o‘tkazildi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Unda qariyb 1 million respondent, jumladan, 890 ming nafar talaba va 48 ming nafar professor-o‘qituvchi ishtirok etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

So‘rovnoma orqali talabalar ta’lim dasturlari va o‘qitish sifati, professor-o‘qituvchilarning munosabati, baholash tizimining adolatliligi va shaffofligi, HEMIS platformasining qulayligi kabi masalalarga munosabatini bildirgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, bitiruvchilarni ishga joylashtirishga ko‘maklashish, raqamli xizmatlar, o‘quv auditoriyalari va laboratoriyalar holati, talabalar turar joylaridagi sharoitlar, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik kabi yo‘nalishlarda ham muammolar qayd etilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Nogironligi bo‘lgan talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, psixologik bosim va kamsitish holatlari hamda akademik halollik muhiti ham o‘rganilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

So‘rovnoma dastlab 200 ta oliy ta’lim tashkilotini qamrab olgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shundan 99 tasi davlat, 72 tasi nodavlat va 29 tasi xorijiy oliygoh bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Belgilangan mezonlarga javob bermagan 49 ta oliygoh yakuniy tahlilga kiritilmagan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu sababli oliygohlar kesimidagi qiyosiy tahlil 151 ta OTM ma’lumotlari asosida shakllantirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Gender tarkibi va yosh ulushi

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Respondentlarning yosh tarkibi bo‘yicha tahlil oliy ta’lim tizimida an’anaviy talabalik yoshidagi ishtirokchilar ustunlik qilishini ko‘rsatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ So‘rovnomada qatnashgan talabalarning eng katta qismi – 50,62 foizi 18–20 yosh toifasiga mansub.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu mazkur guruh asosan bakalavriat bosqichining dastlabki kurslarida tahsil olayotgan talabalardan shakllanganini ko‘rsatishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

21–25 yoshdagi talabalar respondentlarning 28,38 foizini tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu toifaga bakalavriatning yuqori kurslari va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalarning katta qismi kirishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Umumiy hisobda 18–25 yoshdagi talabalar ulushi 79,0 foizga teng bo‘lib, so‘rovnoma ishtirokchilarining asosiy qismini tashkil etadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Kattaroq yosh guruhlarining ulushi nisbatan cheklangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Jumladan, 26–30 yoshdagi talabalar 7,87 foizni, 31–40 yoshdagilar 8,89 foizni, 41–73 yosh oralig‘idagi respondentlar esa 2,23 foizni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Shu tariqa, 25 yoshdan katta talabalarning umumiy ulushi 18,99 foizga teng bo‘lgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

18 yoshga to‘lmagan talabalar ulushi 2,0 foizni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu holat ayrim talabalarning umumiy o‘rta ta’limni nisbatan erta tamomlashi yoki muayyan ta’lim dasturlariga qabul xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

So‘rovnomada ishtirok etgan talabalarning gender tarkibida ayol respondentlar ulushi nisbatan yuqori.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Natijalarga ko‘ra, ayollar 57,06 foizni, erkaklar esa 42,94 foizni tashkil etgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Ayol va erkak respondentlar ulushi o‘rtasidagi farq 14,12 foiz punktga teng.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu so‘rovnomada ayol talabalarning ishtiroki erkak talabalarga nisbatan yuqori bo‘lganini ko‘rsatadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Salbiy natija

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi xabariga ko‘ra, tahlil natijalariga asosan salbiy natijalar qayd etilgan oliygohlarga 162 ta ogohlantirish yuborilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalarini baholash maqsadida “Bitiruvchilar sifati indeksi — BSI” ishlab chiqilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠ Mazkur mexanizm orqali oliygohlar o‘rtasidagi raqobatni rivojlantirish va talabalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish ko‘zda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠

Oliygohlar xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirish maqsadida xorijiy tashkilotlarda maqsadli stajirovkalar ham yo‘lga qo‘yilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌⁠‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠⁠