Andijonda ijod maktabi o‘qituvchisi 3 ming dollarga yaqin maosh olmoqda

Andijonda ijod maktabi o‘qituvchisi 3 ming dollarga yaqin maosh olmoqda

O‘zbekiston 24 telekanali efirga uzatgan lavhada Andijon shahri Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabining tarix fani o‘qituvchisi Sardorbek Jaloliddinov 3 ming dollargacha maosh olayotgani  haqida so‘z boradi. O‘qituvchi oliy toifaga hamda A+ darajadagi milliy sertifikatga ega.

 

Bugungi kunda hamkasblarim orasida ming yoki 2 ming dollar olayotgan o‘qituvchilar bor. O‘zimniki ham 3 ming dollarga yaqinlashyapti.

Hozirgi kunda o‘qituvchi o‘z ustida ishlasa, avvalo, o‘z fanidan milliy seritikat oladi. Bu esa ularga 50 foiz ustama beradi. Bundan tashqari xalqaro sertifikat beradigan 70 ustama ham bor. Shuningdek, maktab fondi tomonidan beriladigan ustama bor. Bularning barchasi oylikni bir necha marotaba oshishiga olib keladi, – deydi o‘qituvchi.

 

Ushbu ijod maktabida 37 nafar o‘qituvchi faoliyat yuritsa, bulardan 3 ming dollargacha oylik maosh oladiganlari soni 10 nafarga yaqinlashgani aytilmoqda.

 

Hozirda ustozlarimiz 2000 dan 3000 dollargacha oylik olishmoqda. Ularning hammasi o‘z fanidan milliy va xalqaro sertifikatlarga ega, – deydi maktabning direktor o‘rinbosari.

 

Avvalroq, Namanganda 1 000 dollar maosh olayotgan bog‘cha tarbiyachisi haqida maqola e’lon qilgan edik.