9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun attestatsiya imtihonlari kunlari e’lon qilindi

9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun attestatsiya imtihonlari kunlari e’lon qilindi

2025–2026-o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 9- va 11-sinf bitiruvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari kunlari e’lon qilindi. 

 

9-sinf — majburiy fanlar:

 

  • Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 1-iyun
  • Matematika — 4-iyun
  • O’zbekiston tarixi — 8-iyun
  • Jismoniy tarbiya — 1–6-may

 

11-sinf — majburiy fanlar:

 

  • Ona tili va adabiyot / Davlat tili — 2-iyun
  • Matematika (Asosiy / Chuqurlashtirilgan) — 5-iyun
  • O’zbekiston tarixi — 9-iyun

 

11-sinf — tanlov fanlar (barcha bitiruvchilar uchun majburiy):

 

Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya, Davlat huquq asoslari, Ona tili va adabiyoti (qardosh tillar), Chet tili — 12-iyun va 15-iyun kunlari bo’lib o’tadi.

 

O’quvchi 2 ta tanlov fan tanlaydi: 1-fan 12 iyunda, 2-fan 15-iyunda o’tkaziladi.