Milliy statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 2025/2026 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 11 118 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan o‘quv yiliga nisbatan 175 taga ko‘paygan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘ylab maktablar soni yildan-yilga izchil ortib bormoqda. Xususan, 2023/2024 o‘quv yili boshida bu ko‘rsatkich 10 750 ta bo‘lgan bo‘lsa, hozirga kelib 11 mingdan oshgan.
Hududlar kesimida eng ko‘p umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari Samarqand viloyatida (1 350 ta), Qashqadaryo viloyatida (1 294 ta) hamda Farg‘ona viloyatida (1 119 ta) qayd etilgan.
Eng kam ko‘rsatkichlar esa Sirdaryo (345 ta) va Navoiy (387 ta) viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Hududlar bo‘yicha umumiy ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 771 ta
Andijon viloyati — 834 ta
Buxoro viloyati — 596 ta
Jizzax viloyati — 598 ta
Qashqadaryo viloyati — 1 294 ta
Navoiy viloyati — 387 ta
Namangan viloyati — 783 ta
Samarqand viloyati — 1 350 ta
Surxondaryo viloyati — 1 003 ta
Sirdaryo viloyati — 345 ta
Toshkent viloyati — 935 ta
Farg‘ona viloyati — 1 119 ta
Xorazm viloyati — 600 ta
Toshkent shahri — 503 ta
Yillar kesimida
So‘nggi yillarda umumta’lim muassasalari soni muntazam o‘sib bormoqda:
2018/2019 — 9 774 ta
2019/2020 — 10 090 ta
2020/2021 — 10 181 ta
2021/2022 — 10 289 ta
2022/2023 — 10 522 ta
2023/2024 — 10 750 ta
2025/2026 — 11 118 ta
Avvalroq, Oʻzbekistonda 2024/2025 oʻquv yili boshida faoliyat yuritayotgan xususiy maktablar soni 455 tani tashkil etgani haqida xabar berilgan edi.
