Xabaringiz bor, ‘‘Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik taʼlim, ilm-fan va targʻibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida’’gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2026-yil 1-sentyabrga qadar ‘‘Science Oasis’’ tamoyiliga asoslangan yashil transformatsiya va iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha kafedralar va fakultetlar tashkil etiladi.
Mazkur kafedra va fakultetlar tashkil etiladigan 29 ta respublika oliy ta’lim tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlandi.
1. O‘zbekiston Milliy universiteti
2. Andijon davlat universiteti
3. Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
4. Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
5. Buxoro davlat universiteti
6. Buxoro davlat texnika universiteti
7. Geologiya fanlari universiteti
8. Jizzax politexnika instituti
9. Farg‘ona davlat universiteti
10. Farg‘ona davlat texnika universiteti
11. Guliston davlat universiteti
12. Namangan davlat universiteti
13. Namangan davlat texnika universiteti
14. Nukus davlat texnika universiteti
15. Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti
16 Qarshi davlat universiteti
17. Qarshi davlat texnika universiteti
18. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti
19. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali
20. Samarqand davlat universiteti
21. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
22. Termiz davlat universiteti
23. Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti
24. Toshkent davlat agrar universiteti
25. Toshkent davlat texnika universiteti
26. Toshkent kimyo-texnologiya instituti
27. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti
28. Toshkent arxitektura-qurilish universiteti
29. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti
Izoh: respublika oliy taʼlim tashkilotlarida kafedra va fakultet tashkil etish tegishli oliy taʼlim tashkilotining rektori tomonidan belgilanadi.
Avvalroq, “Green University” universitetining ayrim o‘qituvchilariga 200 foiz miqdorida ustama berilishi haqida xabar bergan edik.
.
