‘‘Yashil’’ texnikumlarni muvaffaqiyatli bitirgan B2 darajali sertifikatga ega o‘quvchilar bakalavriatga 2-bosqichdan qabul qilinadi

‘‘Yashil’’ texnikumlarni muvaffaqiyatli bitirgan B2 darajali sertifikatga ega o‘quvchilar bakalavriatga 2-bosqichdan qabul qilinadi

Prezidentning ‘‘Eko-madaniyat” umummilliy loyihasi doirasida ekologik taʼlim, ilm-fan va targʻibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida’’ gi qarori (PQ–110-son, 25.03.2026-y.) qabul qilindi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Unga muvofiq, 2026–2027-yillar davomida respublikaning har bir hududida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarini tayyorlaydigan 14 ta “yashil” texnikum faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ 2030-yilgacha ushbu tizim orqali 10 ming nafar ekologik yo‘nalishdagi kadrlar tayyorlash rejalashtirilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, 2026–2028-yillarda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ilmiy daraja olgan mutaxassislar sonini 150 nafargacha yetkazish ko‘zda tutilgan.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab “yashil” texnikumlar qayta tashkil etilib, ta’lim jarayoni Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan dasturlar asosida yo‘lga qo‘yiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ushbu dasturlarda majburiy va tanlov fanlari universitet tomonidan belgilanadi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Shuningdek, universitetning 1-bosqichida oʻqitiladigan mutaxassislik fanlari “yashil” texnikumlarning 2-bosqich oʻquv dasturlariga maxsus kurs sifatida kiritiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Qarorga ko‘ra, “yashil” texnikumni muvaffaqiyatli bitirgan ingliz tilidan B2 darajaga ega bitiruvchilar GPA natijalariga qarab universitetning 2-bosqichidan o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Bundan tashqari, texnikumlarda “Ekostipendiya” ta’sis etilib, har yili 10 nafargacha iqtidorli o‘quvchiga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda stipendiya beriladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Avvalroq, bakalavriat va magistraturada 10 ga yaqin ‘‘yashil’’ yo‘nalishlar ochilishi haqida xabar bergan edik.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠