2026-yil II choragida o‘tkaziladigan nostrifikatsiya test sinovlari 2-aprel kunidan boshlanadi (ishtirokchilar ro‘yxati + vaqti)

2026-yil II choragida o‘tkaziladigan nostrifikatsiya test sinovlari 2-aprel kunidan boshlanadi (ishtirokchilar ro‘yxati + vaqti)

2026-yilning ikkinchi choragida Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik haqidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 2-apreldan boshlab tashkil etiladi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Bu haqda Agentlikning Oliy ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash va apostil qo‘yish bo‘limi ma’lum qildi.

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Mazkur test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar hamda imtihon o‘tkaziladigan hududlar bilan quyidagi PDF fayl orqali tanishishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Ishtirokchilar ma’lumotlarini my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda berilgan ariza raqami yordamida tekshirishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Joriy yilning 1-choragidagi nostrifikatsiya sinovlari 19-mart kuni yakunlangan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠ Shundan so‘ng, II-chorakda o‘tkaziladigan imtihon sanalari haqida xabar berilgan edi.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Nomzodlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Izoh: talabgorlar turli sabablarga ko‘ra, test topshirish hududini yoki test topshirish tilini o‘zgartirish uchun https://t.me/NostrifikatsiyaBBA_bot manzili orqali (ariza raqami, ism, familiya va sharifini keltirgan holda) murojaat qilishlari mumkin.⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

 ⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠

Ro‘yxat – Faylni yuklash⁠⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌‌‌⁠‌‌‌‌⁠‌‌‌‌‌⁠⁠