2026-yilning yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari sanalari belgilandi

2026-yilning yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan malaka toifa sinovlari sanalari belgilandi

Maktabgacha, umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari pedagoglari uchun 2026-yilning yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan malaka (test) sinovlari sanalari belgilandi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, malaka (test) sinovlari quyidagi sanalarda o‘tkaziladi:

 

7-aprel (1 kun)

— Kimyo;

 

8-aprel (1 kun)
— Biologiya;

 

9-10-aprel (2 kun)
— Tarix;
— Tarbiya;
— Davlat va huquq asoslari;
— Musiqa madaniyati;

 

11-aprel (1 kun)
— Jismoniy tarbiya (Umumta’lim);

 

13-aprel (1 kun)
— Informatika va axborot texnologiyalari;

 

14-18-aprel (5 kun)
— Boshlang‘ich ta‘lim;

 

20-21-aprel (2 kun)— Ona tili va adabiyot (oʻzbek sinflar uchun);
— O‘zbek tili (Davlat tili);

 

22-aprel (1 kun)
— Rus tili (milliy maktablarda);
— Rus tili va adabiyoti;
— Tojik tili va adabiyoti;
— Turkman tili va adabiyoti;
— Qozoq tili va adabiyoti;
— Qirg‘iz tili va adabiyoti;

 

23-25-aprel (3 kun)
— Ingliz tili (Umumta’lim);
— Fransuz tili (Umumta’lim);
— Koreys tili;
— Nemis tili (Umumta’lim);
— Xitoy tili;
— Yapon tili;

 

27-28-aprel (2 kun)
— Matematika;

 

29-aprel (1 kun)
— Geografiya;
— Iqtisodiy bilim asoslari;
— Psixolog;
— O‘qituvchi-defektolog (Umumta’lim);
— O‘qituvchi-logoped (Umumta’lim);

 

Mazkur fanlardan test sinovlari Toshkent viloyati pedagoglari uchun 5-may (1 kun) kuni bo‘lib o‘tadi.

 

30-aprel (1 kun)
— Tasviriy san’at va chizmachilik;
— Texnologiya (servis xizmati yoʼnalishi-qiz bolalar uchun);
— Texnologiya (texnologiya va dizayn yoʼnalishi – oʼgʼil bolalar uchun);
— Chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik;

 

Mazkur fanlardan test sinovlari Toshkent shahri pedagoglari uchun 5-may (1 kun) kuni bo‘lib o‘tadi.

 

1-2-may (2 kun)
— Maktabgacha taʼlim muassasalari tarbiyachisi;
— Maktabgacha taʼlim tashkiloti psixologi;
— Tarbiyachi-metodist (MTT direktor o‘rinbosari);
— Rus tili (Maktabgacha);
— Fransuz tili (Maktabgacha);
— Ingliz tili (Maktabgacha);
— Musiqa xodimi (Musiqa rahbari);
— Nemis tili (Maktabgacha);
— O‘qituvchi-defektolog (Maktabgacha);
— O‘qituvchi-logoped (Maktabgacha);
— Jismoniy tarbiya (Maktabgacha);

 

4-may (1 kun)
— Fizika;
— Madaniyat vazirligi tasarrufidagi ta’lim tashkilotlarining pedagoglari uchun pedagogik mahorat sinovlari;
— Koʻrishda nuqsoni boʻlgan pedagoglar;

 

5-6-may (2 kun)
— Qoraqalpoq tili (Davlat tili);
— Qoraqalpoq tili va adabiyoti;

 

Eslatib o’tamiz, sinov jarayonlari o’tkaziladigan manzillar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

 

Eslatma: Pedagoglar malaka toifa (test) sinovlariga fuqarolik pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasining olib kelishlari so’raladi.

 

Ushbu sinov kunlariga zarur hollarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bunday hollarda pedagoglar qo‘shimcha ravishda xabardor qilinadi.

 

ATTESTATSIYA GRAFIGI