Navro‘z va hayit bayramlari sabab milliy sertifikat javoblari kechikadimi?

Navro‘z va hayit bayramlari sabab milliy sertifikat javoblari kechikadimi?

Amaldagi tartibga ko‘ra, milliy yoki chet tili imtihon natijalari imtihon yakunlangan kundan boshlab 21 ish kuni ichida e’lon qilinishi belgilangan. Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan imtihon natijalari faqat ish kunida hisoblanadi. Bu degani, har qanday qo‘shimcha dam olish kunining natijalar e’lon qilinishiga ta’siri bo‘ladi.

 

Kimyo, geografiya va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari 2026-yil 21-22-fevral (shanba, yakshanba), 28-fevral, 1-2-mart (shanba, yakshanba, dushanba) va 7-mart (shanba) kunlari o‘tkazildi.

 

Endi barcha dam olish kunlarini chiqarib tashlab, 21 ish kuni qachongacha davom etishini hisoblaymiz.

 

Mart:

 

  • 9–13 mart → 5 kun (1–5)
  • 16–19 mart → 4 kun (6–9)
  • 20–23 mart →  dam olish kunlari
  • 24–27 mart → 4 kun (10–13)
  • 30–31 mart → 2 kun (14–15)

 

Mart oxirigacha 15 ish kuni yakunlanadi.

 

Aprelda esa quyidagicha:

 

  • 1–3 aprel → 3 kun (16–18)
  • 6–8 aprel → 3 kun (19–21)

 

Demak, bundan kelib chiqadiki, 2026-yilning I yarim yilligida o‘tkazilgan kimyo, geografiya va matematika fanlaridan milliy sertifikat imtihon javoblari 8-9-aprel kunlari e’lon qilinadi.

 

Shuningdek, ingliz, nemis, fransuz, arab, turk, italyan (B2; C1), dariy (B2; C1), hind (B2; C1) fanlaridan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari 14-15-16-mart kunlari bo‘lib o‘tdi.

 

Imtihonlar yakunlangan sanadan boshlab 21 ish kunini hisoblab chiqamiz:

 

Mart:

 

  • 17–19 mart → 3 kun (1–3)
  • 20–23 mart → dam olish
  • 24–27 mart → 4 kun (4–7)
  • 28–29 mart → dam olish
  • 30–31 mart → 2 kun (8–9)

 

Mart oxirigacha 9 ish kuni yakunlanadi.

 

Aprel:

 

  • 1–3 aprel → 3 kun (10–12)
  • 4–5 aprel → dam olish
  • 6–10 aprel → 5 kun (13–17)
  • 11–12 aprel → dam olish
  • 13–16 aprel → 4 kun (18–21)

 

Demak, chet tili imtihon natijalari 16-17-aprel kunlari e’lon qilinadi. 

 

Ma’lumot o‘rnida, kuni kecha yakuniy davlat attestatsiyasida milliy va xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan litsey o‘quvchilariga maksimal ball berilishi haqida xabar bergan edik.

 

Unga ko‘ra, xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha xalqaro yoki milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar mazkur fanlardan davlat imtihonlarini topshirmaydi va ularga maksimal ball beriladi. Shu bilan birga, 3 yil davomida attestatsiyani topshirmagan o‘quvchilarga eksternat tartibida hujjat olish imkoniyati beriladi.