Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining o’quvchilari Elbek Zohidjonov va Asilbek Sunnatov Massachusetts Institute of Technology (MIT) universitetiga 100% lik grant asosida o’qishga qabul qilindi. Bu haqida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi xabar berdi.
1861-yilda AQShning Kembrij shahrida tashkil etilgan MIT bugungi kunda dunyoning birinchi raqamli texnik universiteti hisoblanadi. QS jahon reytingida ketma-ket 13 yil davomida 1-o’rinni o’zida saqlab kelmoqda (Times Higher Education va US News reytinglarida esa 2-o’rinda).
Universitetda jami 11,500 atrofida talaba tahsil oladi, qabul ko’rsatkichi esa bor-yo’g’i 4% ni tashkil etadi.
Universitet muhandislik, kompyuter texnologiyalari, matematika, fizika va iqtisodiyot yo’nalishlarida mutlaq peshqadam. Ushbu dargoh 100 dan ortiq Nobel mukofoti sovrindorlarini yetishtirib chiqargan. Dunyoni o’zgartirgan radar, GPS va bugungi kundagi sun’iy intellekt kabi yirik kashfiyotlar aynan shu yerda yaratilgan.
Universitetning moliyaviy jamg’armasi 24 milliard dollardan oshadi va bu iqtidorli talabalarning yirik tadqiqotlar olib borishi uchun cheksiz imkoniyatlar taqdim etadi.
Jamoamiz nomidan ushbu o‘quvchilarga muvaffaqiyat tilab qolamiz!
Qo‘shimcha o‘rnida, Talimxabarlari.uz saytining YouTube tarmog‘idagi sahifasida aynan ushbu oliygohda 15 yoshida tadqiqot olib borgan Ozoda Mo‘minova bilan intervyu e’lon qilingan edi.
Suhbat davomida MIT’da olib borilgan tadqiqotlar, yoshligida karyera tanlash, ta’lim va mas’uliyat masalalari haqida ochiq fikr almashilgan.
