Bitiruvchilar natijasiga ko‘ra Toshkent shahridagi eng yaxshi tuman nomi aniqlandi

Bitiruvchilar natijasiga ko‘ra Toshkent shahridagi eng yaxshi tuman nomi aniqlandi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda Toshkent shahrida ta’lim xizmatlari hajmi 18,8 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich poytaxtda ta’lim sohasi xizmatlarining sezilarli darajada rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

 

Tumanlar kesimidagi ta’lim xizmatlari hajmi

 

Hududlar bo‘yicha ta’lim xizmatlari hajmi quyidagicha taqsimlangan:

 

Chilonzor tumani — 2,99 trln soʻm

 

Yunusobod tumani — 2,19 trln soʻm

 

Olmazor tumani — 2,15 trln soʻm

 

Mirzo Ulugʻbek tumani — 1,77 trln soʻm

 

Mirobod tumani — 1,48 trln soʻm

 

Shayxontohur tumani — 1,41 trln soʻm

 

Yakkasaroy tumani — 1,08 trln soʻm

 

Uchtepa tumani — 853,8 mlrd soʻm

 

Yashnobod tumani — 661,3 mlrd soʻm

 

Sirgʻali tumani — 291,9 mlrd soʻm

 

Yangihayot tumani — 213,1 mlrd soʻm

 

Bektemir tumani — 43,8 mlrd soʻm

 

Mazkur ma’lumotlarga asosan, Chilonzor tumani poytaxtda ta’lim xizmatlari hajmi eng yuqori bo‘lgan hudud hisoblanadi. Undan keyingi o‘rinlarda Yunusobod va Olmazor tumanlari qayd etilgan.

 

Bitiruvchilar natijalari: qaysi tumanlar yetakchi?

 

2025-yilda bitiruvchilarning o‘rtacha ballari bo‘yicha tuzilgan maktablar reytingi ham ayrim tumanlarda ta’lim sifati yuqoriligini ko‘rsatadi.

 

Reytingda eng yuqori natijalarni quyidagi hududlar ko‘rsatgan:

 

Yunusobod tumani — 170.69 ball

 

Olmazor tumani — 167.39 ball

 

DXQ maktabi (Yunusobod) — 158.25 ball

 

Reytingning keyingi o‘rinlarida:

 

Olmazor tumani — 147.2 ball

Mirzo Ulug‘bek tumani — 146.44 ball

Shayxontohur tumani — 145.86 ball

Olmazor tumani — 144.18 ball

Mirobod tumani — 143.64 ball

Yunusobod tumani — 140.62 ball

Yakkasaroy tumani — 138.13 ball

 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ta’lim xizmatlari hajmi bo‘yicha poytaxtda Chilonzor, Yunusobod va Olmazor tumanlari yetakchi. Bitiruvchilarning o‘rtacha natijalari bo‘yicha esa asosan Yunusobod va Olmazor tumanlari maktablari yuqori ko‘rsatkichlarga ega.

 

Avvalroq, Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga tayanib O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida ta’lim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 30,4 trln so‘mni tashkil etgani haqida xabar bergan edik.