Ta’lim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 6,8 foizga oshgan — statistika

Ta’lim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 6,8 foizga oshgan — statistika

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-oktabr oylarida ta’lim sohasidagi bozor xizmatlari hajmi 30,4 trln so‘mni tashkil etgan.

 

Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davri bilan solishtirganda 6,8 % ga oshgan.

 

Bu jami ko‘rsatilgan bozor xizmatlari umumiy hajmining 3,7 % ini tashkil etadi.

 

Mazkur davrda ta’lim sohasidagi xizmatlarning umumiy hajmida oliy ta’lim sohasidagi xizmatlar ustunlik qilib, ulushi 46,6 % ni tashkil etgan.

 

Ma’lumot uchun, 2025 yilning yanvar-sentabr oylarida esa ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 26,3 trln so‘mni tashkil etgan.

 

 

Bilimni baholash agentligi

AI bot abituriyentlarga yo'nalish tanlashga yordam beradi

Bilim va malakalarni baholash agentligi ma'lumotlari asosida.

Telegram'da ochish