Texnikumlarga direktor va direktor o‘rinbosarlari tanlov asosida saralab olinadi. Qanday hujjat topshirish mumkin?

Texnikumlarga direktor va direktor o‘rinbosarlari tanlov asosida saralab olinadi. Qanday hujjat topshirish mumkin?

Kasbiy ta’lim agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan Kasbiy ta’lim agentligi tizimi texnikumlarining vakant direktor va direktor o‘rinbosarlari lavozimlariga ishga qabul qilishda tanlov asosida saralab olish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqida Kasbiy ta’lim agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

 

Unga ko‘ra, tanlov o‘tkazishdan maqsad, ushbu lavozimlarga ishga qabul qilishda shaffoflikni ta’minlash, talabgor fuqarolar va tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlarning barchasiga teng imkoniyatlarni yaratgan holda saralab olish hisoblanadi. Hujjatlar onlayn – platforma orqali qabul qilinadi.

 

Vakant lavozimlarga nomzodlarni ishga qabul qilish uchun tanlov o‘tkazish maqsadida direktor lavozimi uchun Agentlikning markaziy apparatida, direktor o‘rinbosarlari lavozimi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi va hududiy boshqarmalarda tanlov komissiyasi tuzildi.

 

Tanlov quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi:

 

  1. Tanlov o‘tkazilishi to‘g‘risida e’lon berish;
  2. Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish va saralash;
  3. Nomzodlar bilan suhbat o‘tkazish.

 

Vakant lavozimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Oliy va professional ta’lim muassasalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga hujjatlarni onlayn topshirish platformasi” — vacancy.edu.uz da e’lon qilinib boriladi.

 

Tanlovlarda tegishli malaka talablariga javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va chet el fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

 

Qo‘shimcha ma’lumot: Kasbiy taʼlim tashkilotlarining ayrim pedagoglariga B2 uchun 50, C1 uchun 100 foiz ustama berish rejalashtirilmoqda.