Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 2026–2027 oʻquv yili uchun yangi qabul tartibi maktabning Kuzatuv kengashi tomonidan rasmiy ravishda qabul qilindi. Bu haqda maktabning axborot xizmati rasmiy sahifasida xabar berdi.
Yangi qabul tartibiga koʻra, nomzodlar 8-sinfni tamomlagan boʻlish, ingliz tilini yuqori darajada bilish, matematik tahlil qila olish qobiliyati, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan bilimga ega boʻlish hamda tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyati talab qilinadi
Quyida 2026–2027 oʻquv yili uchun tasdiqlangan 1-bosqich qabul tartibi bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
Saralash imtihoni yoʻnalishlari va fan bloklari
Muhim: Saralash imtihoni natijalariga koʻra, eng yuqori ball toʻplagan 600 nafar nomzod keyingi bosqichga tavsiya etiladi.
1-yoʻnalish (Oʻrinlar soni 400 ta):
— Ingliz tili 25 ta savol 42.5 ball;
— Matematika 20 ta savol 34 ball;
— Fizika 15 ta savol 25.5 ball.
Til bilish darajasi: Imtihon hujjatlarini topshirgan nomzodlar orasida ingliz tili darajasini tasdiqlovchi amaldagi sertifikatga ega boʻlgan nomzodlar ingliz tili imtihonidan ozod etiladi va ularga maksimal ball beriladi.
IELTS: Umumiy bali kamida 6.0, Writing (Yozma) boʻlimidan kamida 5.5 ball olgan boʻlishi lozim.
2-yoʻnalish (Oʻrinlar soni 200 ta):
— Ingliz tili 25 ta savol 42,5 ball;
— Kimyo 20 ta savol 34 bal;
— Biologiya 15 ta savol 25.5 ball.
Asosiy kirish imtihoni yoʻnalishlari va fan bloklari
1-yoʻnalish (Oʻrinlar soni 40 ta):
— Ingliz tili 25 ta savol 15 ball;
— Suhbat 15 daqiqa 15 ball;
— Insho (esse) 250 ta soʻz 20 ball;
— Matematika 5 ta masala 35 ball;
— Fizika 3 ta masala 15 ball.
Kirish imtihoni ikki fan yoʻnalishi boʻyicha tashkil etiladi va yozma topshiriqlardan iborat boʻladi. Har bir fan yoʻnalishi ikki fan blokidan savollarni oʻz ichiga oladi va imtihon natijalari 100 ballik tizim boʻyicha baholanadi.
2-yoʻnalish (Oʻrinlar soni 20 ta):
— Ingliz tili 25 ta savol 15 ball;
— Suhbat 15 daqiqa 15 ball;
— Insho (esse) 250 ta soʻz 20 ball;
— Kimyo 5 ta masala 35 ball;
— Biologiya 3 ta masala 15 ball;
IELTS: umumiy bali kamida 7.0. Writing (Yozma) boʻlimida kamida 6.0 ballga ega boʻlganlar ingliz tili fani imtihonidan ozod etiladi va maksimall ball beriladi.
IELTS dan boshqa til sertifikatlari (CEFR) ham o‘tadimi?
Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internati matbuot kotibi Dilmurod Nig’matov Talimxabarlari.uz saytiga ma’lum qilishicha, ingliz tili imtihonlarida imtiyoz berilishi ya’ni imtihondan ozod etilishi va ularga maksimal ball berilishi faqat IELTS sertifikati borlarga taalluqli, qolgan hech bir sertifikatlar o‘tmaydi.
Maʼlumot uchun: Maktab dunyoning TOP-50 reytingidagi oliy taʼlim muassasalariga tayyorlashga ixtisoslashgan. Qabul 8-sinfni muvaffaqiyatli tamomlagan oʻquvchilar orasida tanlov asosida amalga oshiriladi va qabul qilinganlar 11-sinfga qadar taʼlim oladi.
Bitiruvchilar ushbu universitetlarga kamida 50% grant asosida qabul qilinganda, ularning yashash va oʻqish xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi. Qabul 8-sinfni muvaffaqiyatli tamomlagan oʻquvchilar orasida tanlov asosida amalga oshiriladi va qabul qilinganlar 11-sinfga qadar taʼlim oladi.
