Fargʻona viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻiga maktab direktorini lavozimidan olish, shuningdek yangi direktorni ishga tayinlash jarayonlarida mehnat qonunchiligi talablarini buzganligi uchun maʼmuriy javobgarlik chorasi qoʻllanildi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi maʼlum qildi.
Shuningdek, mehnat qonunchiligini buzgan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshligʻiga nisbatan ham maʼmuriy jarima qoʻllanilgan.
Bundan tashqari, pedagog xodimning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilgan Uchtepa tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mansabdor shaxsiga nisbatan toʻplangan maʼmuriy ish hujjatlari taalluqligi boʻyicha koʻrib chiqish uchun sud organlariga yuborilgan.
“Davlat mehnat inspeksiyasi mehnat qonunchiligiga rioya etilishi ustidan nazoratni davom ettiradi” — deyiladi xabarda.
