ChatGPTda talabalar uchun yangi ish qidirish funksiyasi joriy etiladi

ChatGPTda talabalar uchun yangi ish qidirish funksiyasi joriy etiladi

OpenAI kompaniyasi ChatGPT platformasida kasb tanlash va ish topishga ko‘maklashuvchi yangi funksiya — ChatGPT Jobsni sinovdan o‘tkazmoqda. Bu haqda Hi-Tech Mail xabar bergan.

 

Mazkur funksiya, ayniqsa, talabalar va yosh mutaxassislar uchun foydali bo‘lishi kutilmoqda.

 

ChatGPT Jobs mantiqan yaqinda ishga tushirilgan ChatGPT Health bo‘limiga o‘xshash bo‘lib, biroq u sog‘liq emas, balki karyera va professional rivojlanish masalalariga yo‘naltirilgan. Yangi funksiya ChatGPT’ni shaxsiy virtual karyera maslahatchisi sifatida ishlatish imkonini beradi.

 

U orqali foydalanuvchilar:

— rezyumeni tahrirlash va yaxshilash;

— mehnat bozorida o‘zini to‘g‘ri namoyon etish;

— mos bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlash;

— kelajakdagi karyera yo‘nalishini rejalashtirish kabi masalalarda maslahat olishlari mumkin.

 

Funksiya tavsifida uchta asosiy yo‘nalish ko‘rsatilgan: professional profil va rezyumeni takomillashtirish, mos ish imkoniyatlarini topish hamda shaxsiy maqsadlarga mos karyera variantlarini taqqoslash. Hozircha ChatGPT Jobs’ning barcha imkoniyatlari to‘liq ochiqlanmagan.